-rasm.  49-rasm. Ipak qurtining jonsizlik kasalligi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

51-rasm. 
49-rasm. Ipak qurtining jonsizlik kasalligi 
1-faza
. Ichak shirasida stafilakokklar rivojlanishi va ular tomonidan faol 
moddalar ajralib chiqishi natijasida o’ta zaxarli moddalar to’planib qurtning eng 
ko’p barg iste’mol qilishi vaqtiga to’g’ri keladi. Zaxarli moddalarning ko’payishi 
Malpigiyev naylarini ishdan chiqaradi, ichak shirasini bakteriyalarni o’ldirish 
qobiliyati yo’qoladi, natijada bakteriyalar-ning ko’payishiga imkon tug’iladi, shu 
bilan o’lat kasalligining birinchi fazasi tugallanadi. 
2-faza
. Ichak shirasining ishqoriyligi yanada pasayib, fermentlar faolligi 
pasayadi. Natijada ipak qurtining funksional organlari zararlana boshlaydi. Ichak 
shirasi ishqoriyligi o’ta pasayib ketishi bilan bu faza ham tugallanadi. 
3-faza
. Ipak qurtining qoniga zaxarli moddalar o’tib butun organlari chiriydi, 
ular to’planib kasallikni tezlashtirib qurtning o’limiga sabab bo’ladi.
 
Tut ipak qurtining qonchirish kasalligi. Tut ipak qurtining qonchirish-
septisimiya kasalligi qonning ya’ni gemolimfaning tarkibida bakteriyalarning 
rivojlanishi oqibatida sodir bo’ladi. Kasallangan qurtning ishtaxasi bo’lmaydi, u 
kam harakatda bo’lib ayrim hollarda o’limiga qadar o’zining tashqi ko’rinishini 
yo’qotmaydi, sog’lom qurtlardan farq qilmaydi. Agarda kasallik faol ketsa qurt 


150 
qusadi, tanasi tortishib changchak bo’lib qoladi. Agarda kasallik sekin ketsa, unda 
qurtlik davridayoq tanasining ayrim joylari qorayib chiriy boshlaydi. Ayniqsa 
ko’krak sigmentlaridan boshlab, to’qimalari qoraya boradi.
Septisimiyaning har tomonlama tajribalar orqali o’rganishda hasharotlarning 
ichak bo’shlig’i orqali turli xil bakteriyalar bilan zararlab ko’rilganda natijasiz 
bo’lib chiqadi. Shunga qaramasdan bakteriyalarning ayrim virulent turlarini ko’p 
dozada sinab ko’rilganda qurtlar sepsis bo’lganligi aniqlangan. 
Ipak qurtida septisemiyani qurt boqish jarayonida ko’pincha spora hosil 
qilmaydigan bakteriyalar. (psevdomopas, esherixiya salmonella shigelli kabi ) 
avlodlarning vakillari epizootiy keltirib chiqarishi aniqlangan. Bundan tashqari 
spora hosil qiluvchi bakteriyalardan 
Bacillus subtilus, Bacterium mesenteri-
cus,Bac anthracoides 
ham juda kam miqdorda uchragan. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm.  49-rasm. Ipak qurtining jonsizlik kasalligi

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish