Ipak qurtini bakterioz kasalliklari. Tut ipak qurtining o’lat flyasheriya




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Ipak qurtini bakterioz kasalliklari. Tut ipak qurtining o’lat flyasheriya 
kasalligi. Tut ipak qurtining bakteriya kasalliklarini kelib chiqish sabablariga ko’ra 
ikkita guruhga bo’lishimiz mumkin. 
1. Bakteriyalar hujayrasi oziq moddalar bilan ichakka o’tib ichak faoliyatini buzib 
kasallantiruvchi parazit bakteriyalar. 
2. Bakteriyalar jarohatlangan joydan qurtning qon suyuqligiga o’tib uni 
kasallantiruvchi bakteriyalar. 
Ovqatlanish jarayonida oziq moddalar bilan birga ichakka o’tib ichak 
kasalliklarini qo’zg’atuvchi bakteriyalarga o’lat, liqqoq taksikoz kasalliklarini 
misol qilib olishimiz mumkin. O’lat kasalligini qo’zg’atuvchi bakteriyalarning 
rivojlanishi uchun tashqi muhit omillaridan havoning nisbiy namligi va harorat 
katta rol o’ynaydi. 
Flyasheriya – o’lat chaqiruvchi kasallik degan so’z, u Fransiya-ning 
janubidagi ipakchilar L.Paster bilan birgalikda adabiyot-larga 1870 yillarda 
kiritgan. Hozirgi adabiyotlarda o’lat deb yuritiladi. 
Bu kasallik O’zbekistonda pillakorlar o’rtasida “Qorason” yoki “Qoratobon” 
deb yuritiladi. 
Paster o’z zamonasida flyasheriya va pebrina bilan o’lgan qurt-larning 
tanasidan shu farqlarni aniqlaydiki, flyasheriya bilan o’lgan qurtda pebrina 
bo’lmasdan uning ichagida bakteriyalarning juda ko’p miqdorda ko’payganligini 
isbotlaydi. Odatda flyasheriya bilan o’lgan qurt pillasi uncha ko’p pachoqlanmaydi, 
ammo pilla ichida o’lgan qurtdan qoramtir-qo’ng’ir yoki qora suyuqlik oqib 
pillalarni ifloslantiradi. Bunday pillalar “Qora-pachoq” pillalar bo’lib, bu pillalardan 


147 
chirigan olmaning xidi keladi. 
Kasallik ko’zg’atuvchisi o’sha vaqtlarda o’ziga xos termin-nomlar bilan 
atalib, aniq bakteriya nomlari bilan atalmagan. Paster o’lat-flyasheriya kasalligi 
bilan kasallangan qurtdan “yadroli pibrionlar” aloxida yakka-yakka kichik 
bakteriyalar,zanjirsimon ko’rinishli donachalarni (streptokokk) kuzatgan. Bu 
bakteriyalarning mikroskopik tuzilishi tasvirlangan,ammo bu bakteriyalarning 
flyasheriya kasalligini qo’zg’atishi mumkin degan ma’lum bir fikrga kelmagan.
Flyasheriya bilan kasallangan qurtlardan toza kultura-bakteriyalarni ajratib 
olishga urungan va muvofiq bo’lgan olim Makiatidir. U L.Paster kuzatgan 
bakteriyalar bilan bir xilligini aniqladi va u bu bakteriyalarni ipak qurti basillasi 
deb nomladi. 
Ko’pgina olimlar ilgari bu bakteriya tuproqda uchrovchi Bacillis 
megantherum deb hisoblashdi. Keyinchalik esa ko’pgina mualliflar, olimlar 
Makkiati ajratgan bakteriya alohida entomopatogen bakteriya Bacillislombycis turi 
deb hisoblashdi.
XIX 
asr 
o’rtalarida kasallik qo’zg’atuvchi bakteriyalarni kasallik 
qo’zg’atishini tasdiqlash uchun uchta talab qo’yilgan edi. Bu talab “Triadu Koxa” 
deb nomlangan: 
1) Kasallik qo’zg’atuvchi bakteriya toza kulturasini ajratish. 
2) Tajribada organizmni kasallantirib ko’rish. 
3) O’rganilayotgan kasallikning klinik belgilarini va alomatlarini xarakterlab 
berish. 
1905 yil S.Ishivata ipak qurtining yuqori toksinli sotto-basilla deb ataluvchi 
ichak taksikozi kasalligini qo’zg’atuvchisini va u qurtlarning ommaviy o’limiga 
sabab bo’lishini aniqlaydi. 
Flyasheriyaning rivojlanish jarayonida qurtning ichak florasida birqancha 
buzilishlar sodir bo’ladi. Ichak devorlarining funksiyasi buziladi. Kasallik aniq 
ko’zga tashlanadi ichak epiteliyasi hujayralari yemirilib ipak qurti o’ladi. 
Flyasheriya kasalligini qo’zg’atuvchisi yaqin vaqtlargacha ham aniq 
bo’lmagan 1960 yillarda Yaponiya olimi Sh.Yamazaki o’lat-flyasheriya kasalligini 


148 
viruslar ham qo’zg’atishini aniqlagan. O’lat kasalligining turlari ko’p bo’lib, ularni 
viruslar va basillalar keltirib chiqaradi. 
Basillalar va viruslar tomonidan flyasheriya-o’lat kasalligiga yo’liqqan 
qurtlarning o’rta ichagida virus vabasillalar jadal rivojlanib, ichak 
to’qimalalarini butun ichki bo’shliq to’qimalalarini yemirib chiritadi va ular 
o’limi oldidan dastalarga va so’kchaklarga osilgan holatda o’ladi. Ayrim qurtlar 
pilla o’rashi ham mumkin, ammo yupqa po’choqli pillalarni hosil qilib pilla ichida 
nobud bo’ladi. Qurtlarning pilla ichida chirish yoki osilib o’lganlaridan sizilib 
chiqgan suyuqlik pillalarda dog’lar hosil qilib nobob pillalarga aylantiradi. 
O’lat-flyasheriya kasalligini qo’zg’atuvchi basillalar Bacilli sthuringiensis va 
Bacillis prodiglosus rivojlanishi uchun tashqi muhit faktorlaridan harorat va 
namlik katta rol o’ynaydi.
10
 
Yuqorida ko’rsatilgan basillalar ipak qurtining ichagiga barg bilan og’iz 
bo’shlig’i orqali o’tib u yerda ommaviy ko’payishi natijasida o’zidan ko’plab 
o’tkir zaxar-toksin ishlabchiqaradi. Oshqozonda o’plab o’plangan zaxar natijasida 
qurtlar dastaga kirmasdan to’kiladi, qurtning ichak funksiyalari butunlay buziladi 
ichak shirasining ishqoriyligi oshadi ph 8.9 bo’lib ishqoriyligi butunlay oshib 
iste’mol qilingan barglarning bo’lakchalari chiriydi. 
O’lat kasalligining paydo bo’lishi asosan ipak qurtining 5-yoshida sodir 
bo’ladi, sababi bu yoshda ular eng ko’p barg iste’mol qiladi, natijada oshqozonda 
to’plangan oziq moddalarning tarkibida mikroorganizmlar rivojlanib, ichak 
epiteliysining yemirilishiga sabab bo’ladi, asta-sekin esa ipak qurtining butun 
bo’shlig’iga o’tib ichki organlarini zaxarlaydi.O’lat kasalligiga chalingan qurtlar 
berilayotgan barglarga befarq qaraydi, bezovtalanadi va doimo harakatda bo’lib 
berilgan barg shoxlariga, sukchaklarga, xona devorlariga hatto shiplarga, yerlarga 
tarqalib o’rmalab yuradi. Kasallik avjiga chiqqanda, qurtlar o’limi oldidan og’iz 
bo’shlig’idan qusuqlar ajralib turadi, qusuq bilan birga barg parchalari ko’rinadi. 
Qurtning orqa chiqaruv teshigidan qora suyuqlik ham ajralib chiqib turadi. 


149 
Kasallikdan nobud bo’lgan qurtlar oxirgi bo’g’imlardagi yolg’on oyoqlariga 
osilgan holatda osilib o’ladi. Bunday ko’rinish virus flyashe-riyasida ham sodir 
bo’ladi, buni biz virus kasalligi mavzusida atroflicha ko’rib chiqamiz. O’lat 
kasalligini qo’zg’atuvchi bakteriyalarning rivojlanishi ipak qurtining ichak 
shirasini ishqoriyligi past va yuqori bo’lishiga qarab uchta fazada boradi: 

Download 11,98 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ipak qurtini bakterioz kasalliklari. Tut ipak qurtining o’lat flyasheriya

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish