145
Ipak qurtini bakterial kasalliklari. Ipak qurti
ham boshqa hashoratlar
singari turli kasalliklarga chalinadi, natijada pilla miqdorining kamayishi va
sifatining pasayishiga sabab bo’ladi. Keng tarqalgan kasalliklarni tugdiruvchi
mikroorganizmlarga
bakteriyalar, zamburug’lar, viruslar va
tuban bir xujayrali
xayvonlar kiradi.
Ipak qurtlarida bakteriyalar vositasida tugilgan kasalliklarga bakterial
kasalliklar deb aytiladi. Bularga jonsizlik (ulat) - flyasheriya, qonchirish -
septisemiya va likko kkasalliklari kiradi. Ko’pincha jonsizlik kasalligi bilan katta
yoshdagi qurtlar kasallanadi.Kasallikning birinchi davrida ichakning faoliyati
buzilishi natijasida qurtning ishtaxasi yo’qoladi, qurt gananing chetiga chiqib
oladi, ichi kelmaydi, ba’zan sohta oyoqlarining to’rtinchi jufti falaj bo’ladi.
Qon chirish (septisemiya)
kasalligi tut ipakqurti, g’umbagi va kapalagining
yukumli kasalligi bo’lib, uni suvda va havoda yashaydigan har xil bakteriyalar
qo’zg’atadi.
Kasallik alomatlari: kasallik yuqib bir necha soat o’tgach, qurtning ishtahasi
yo’qolib, ovqat yeyishdan to’xtaydi, kam harakat qiladi, hatto qimirlamay yotadi,
qurt
qayt qiladi, tashqi ko’rinishida hyech qanday o’zgarish sodir bo’lmaydi.
Ko’pincha kasallik to’rtinchi va beshinchi yoshdagi qurtlarda o’tkir shaklda
kechadi. Kasallikning ikkinchi kuni oxirida qurt o’ladi, tanasining ba’zi qismlari:
ko’krak va qorinning birinchi, ikkinchi va uchinchi bo’g’imlari terisining buzilishi
natijasida qorayadi.
146
Liqqoq kasalligi o’lat kasalligiga o’xshash keng tarqalgan bo’lib, uni
streptokokk bakteriyalari chiqaradi. Bu kasallik qurt boqish qoidalariga to’la amal
qilinmaganda paydo bo’ladi. Ko’pincha uchinchi, to’rtinchi, hususan beshinchi
yoshidagi qurtlar kasallanadi.
Kasallik belgilari qo’yidagilar: kasallangan qurtlar nimjon bo’lib qoladi, ichi
ketadi, bargni oz yeydi, yaxshi o’smaydi, ozib ketadi
va anal teshigidan suyuqlik
chiqarib turadi. Terisi ajin bosgandek burishadi, qo’ng’ir tusga kiradi.