161
qiladi. Xuddi shuningdek ipak qurtining muskardina kasalligini qo’zg’atuvchi
zamburug’
Beuveria bassiana
ham o’zining o’sgan muhitiga antibiotik ishlab
chiqaradi va bu modda bakteriya florasini rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi.
Kasallikning ko’zga tashlanishi (agar kasallik ommaviy tus olgan bo’lsa)
qurtning uchinchi yoshida kuzatiladi. Kasallangan
qurtlarda ishtaxa buziladi,
charchoq, xorgin bo’lib, asta-sekin harakati susayadi, qurtning tanasi xiralashadi,
tanasidagi
suvning miqdori tezda kamayadi, Qurtning massasi kichiklashib
pulalashadi. Tanasining bosilgan joyida chuqurcha hosil bo’ladi, tanada qoramtir
har xil kattalikda dog’lar hosil bo’ladi. Bunday dog’lar ko’proq
nafas
teshikchalarining atrofida, yolg’on oyoqlarining asoslarida ko’proq uchraydi,
ayrim hollarda yolg’on oyoqlarining uchlari qorayadi.
Qurtning bosh qismi bilan
ko’krak qismining birinchi bo’g’imi oralig’ida xalqasimon o’ziga xos dog’ hosil
bo’ladi. Agarda kasallik po’st tashlash davriga to’g’ri kelsa, po’st tashlash ancha
qiyin bo’ladi, to’liq po’st tashlab ham ulgurmayd.
57-rasm.
Muskardina
kasalligini
qo’zg’atuvchi zamburug’ sporasini
qurtning teri qatlamida o’sishi
58-rasm.
Muskardina
kasalligini
qo’zg’atuvchi zamburug’ning qurt
tanasidagi meva tanasi
Agarda qurt oxirgi yoshida kasallangan bo’lsa, u pilla o’rab g’umbakka ham
aylanib ulgurishi mumkin. Qurt pilla urash oldidan kasallangan bo’lsa,
u pillani
to’liq o’raydi, ammo g’umbak o’ladi, pillasi tirik pillaga nisbatan uch marta yengil
bo’lib qoladi va pilla ichida g’umbak qotib, o’ziga xos kar pillalar hosil qiladi.
Muskardina bilan kasallangan kapalaklar juda kam uchraydi, chunki pilla
qobig’i zararli mikroblarni o’tib ketishidan saqlaydi. Kapalakning tangachalari
162
ham zamburug’ sporasini rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi,
chunki bu tangachalar
kapalak ustini butunlay qoplab turadi.