• 40-rasm.« SK- 150 –K1» quritgichni chizmasi.
  • -rasm. Yashiklarga pilla solish uchun moslama




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    37-rasm. Yashiklarga pilla solish uchun moslama. 
    38 -rasm. Pilla bilan to’ldirilgan konteyner. 
    39-rasm. Elektryuklagich konteyner bilan. 
     
    Pillalarni tayyorlash va ularga birinchi ishlov berish yangi texnologiyasining 
    boshqa texnologiyalardan farqi, xo’jaliklardan pillalarning yetilib kelishini 
    rejalashtirish, pillaxonalarda pillalarga birinchi ishlov berish mavsumini 
    o’zaytirish, hamda pillalarni qabul qilishdan tortib, saqlash va tashishdek 
    texnologik jarayonlarning maxsus yashiklar va asbob-uskunalar yordamida, qo’lda 
    bajariladigan og’ir mexnatni mexanizasiyalashdan iborat. 
    Olib borilgan izlanishlar va keng ko’lamdagi ishlab chiqarishdagi tajribalar, 


    123 
    pillalarga birinchi ishlov berishni issiqlik agregatlardan (SK-150 K) to’liq kuritish 
    90
    0
    S - 6 soat davmida va yarim quritish 90
    0
    S- 3,5 soat davomida pillalarni 
    o’tkazish bilan birga, mavsumning o’rtasida pillalar juda ko’p kelishi munosabati 
    bilan, yuqoridagi rejimlarda kelayotgan tirik pillalarni to’liq ishlov berish mumkin 
    bo’lmaydi. Pillalarni uzoq muddat saqlaganda kapalaklarning tizib chiqish 
    mumkinligining oldini olish maqsadida bir qism pillalarning g’umbagini ximyoviy 
    yo’l bilan brommetil gazining 60 g\m
    3
    konsentrasiyasida, uch soat davomida ishlov 
    berish, yaxshi natijalar olish mumkinligini isbotladi. 
    40-rasm.« SK- 150 –K1» quritgichni chizmasi. 
    1.Pilla saralaydigan bunker va transpartyor; 2.pilla taminlovchi transpartyor; 
    3.quritgich kamerasi; 4. Tepadagi jaluza; 5. gorizantal transpartyorlar; 6. Kameraga 
    issiq havo yo’naltirgichlar; 7.bug’ geniratori; 8.kalorifer; 9. Suv baki; 10. Pastki 
    jaluza; 11. Sovituvch kamera pirpiragi; 12. Quruvchi havo pirpiragi; 13. ishlatilib 
    bo‘lgan xavoni yana qurituvchi kameraga xavo yo‘naltirish moslamasi; 14. 
    sovutish kamerasi; 15. suv purkagich disk. 
    Pillalarni tayyorlash va birinchi ishlov berishdagi barcha texnologik 
    jarayonlar asosan uch etapga bo’linadi: 


    124 
    1. Qurt boquvchi oilaviy pudratchilar pillalarni dastalardan terish, losdan 
    tozalash, navli pillalar aralashmasi, navsiz (dukurma, dog’li, teshik va boshqa 
    formadagi pillalar) va qorapachoq pillalarga ajratish bilan shug’ullanadilar. 
    Bu ishlar bajarilgandan sung pillaxonadan, shartnomada ko’rsatilgandek 
    keltirilgan 20 kg lik yashiklarga navlar aralashmasini, navsiz va qorapachoq 
    pillalarni aloxida-aloxida solib tayyorlab qo’yadilar. Pillalarni tashish uchun kerak 
    bo’lgan miqdordagi yashiklarning sonini aniqlash va ularni pillaxonadan qurt 
    boquvchining uyiga oldirib kelish ishlarini, uchastka va pilla brigadirining 
    talabnomasi asosida, pillaxona mudiri amalga oshiradi. 
    Pillalar tashib kelinayotgan davrida qurt boquvchinikidan qabul punktgacha 
    va qabul punktdan pillaxonagacha pillalar usti yopilib ular yomg’irdan, to’g’ri 
    tushadigan quyosh nuridan hamda changdan muxofaza qilinishi shart. 
    2. Xo’jaliklardan keltirilgan pillalar qabul qilib olingandan so’ng ular 
    yashiklarga 
    maxsus 
    moslama 
    yordamida 
    solib 
    to’lg’azilgandan keyin 
    konteynerlarga taxlash va ularni vaqtincha saqlash joyiga avtokarlar yordamida 
    tashib, olib borib qo’yish amalga oshiriladi. 
    3. Pillalarga birinchi ishlov berish. Bunda pillalar zagotpunktlardan 
    pillaxonaga tashib kelinadi. Agar qabul punkti pillaxonaning xududida joylashgan 
    bo’lsa, qabul punktidan issiqlik agrigati joylashgan ayvon tagidagi kutish joyiga 
    yana avtokarlar yordamida tashib o’tiladi. Shuning orasida pillalar konteynerda 
    turgan xolatida konteyner va yashiklar oldindan tortilib, og’irligi aniqlanib 
    qo’iladi. Punktdan keltirilgan pillalar pillaxona mudiri tomonidan tarozidan 
    o’tkazilib, qabul qilinib olinadi. Pillalar kutish joyiga qo’yilganda, qabul qilingan 
    kuniga qarab navbati bilan konteynerlar orasida eni 0,5-1,0 m bo’lgan o’tish joyi 
    qoldirilib birin ketin qator qilib qo’yiladi. 
    Pillalarni bir xil rejim asosida quritish yo’lida, tirik pillalarni konteynerda, 
    yashiklarga solingan xolda kimyoviy ishlov berib g’umbagini jonsizlantirib, 
    so’ngra yashiklarda birnecha kun saqlab undan so’ng, agregatlarda quritish 
    mumkin. 
    Bir kunda tayorlanayotgan pillaning miqdori quritish agregatining bir sutkalik 


    125 
    quvvatidan ortiq bo’lgan va kelasi kunning oxirigacha agregatdan o’tmay qolgan 
    pillalar fumigasiya yo’li bilan ichidagi qo’g’irchog’i jonsizlantiriladi. Shu yo’l 
    bilan qo’g’irchoqlar xayoti (nafas olishi va parlanishi) xisobiga og’irligini 
    yo’qotilishi, bir kg quruq pilla olish uchun xo’l pillaning sarf bo’lish 
    koeffisiyentlar yomonlashuviga yo’l qo’ymaslik maqsadida amalga oshiriladi. 
    Tirik pillalar qancha ko’p saqlansa ularning og’irligi shuncha kamayib boradi. 
    Pillalar 3-4 kunlik davrigacha qurt va qo’g’irchoqning xayoti hisobiga o’z 
    og’irligini kam yo’qotadilar, so’ngra bu yo’qotish ortib boradi va bir sutkada 
    normadagi 1,25% namlik urtacha 7-chi kuni 2.81 va 8-chi kuni 3.13% yo’qotadi. 
    Tirik pillalarni ichidagi g’umbagini kimyoviy yo’l bilan (masalan brommitil 
    gazi) tagi asfaltlangan yoki betonlangan va odamlar ishlaydigan yerdan 50 m. 
    narida joylashgan ayvon tagida amalga oshiriladi. Bitta gruppaga faqat bitta zot 
    yoki duragaylarning pillasi solingan konteynerlar joylashtiriladi. 
    Tirik pillalarning g’umbagini brommetil bilan o’ldirish jarayoni tuman va 
    viloyat fumigasiya bo’limlarining mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. 
    Fumigasiya qilishga mo’ljallangan pillalarning (konteyneri bilan) usti polietilen 
    palatkalari bilan yopilib, bu palatkalarning pastki qismi germetizasiya qilish uchun 
    qum solingan qopchalar bilan bostirib chiqiladi. 
    Tirik pillalar 2-7 sutka ichida agregatning quvvati yetmay ortib qolgan bir 
    qismi o’z navbati bilan fumigasiya qilinadi, so’ng pillaning kelishi quritish 
    agregatining bir sutkalik quvvatidan pasaygandan so’ng 8-9 kun, bir qism va 
    keyingi kunlarda, yana besh kun davomida fumigasiya yo’li bilan qo’g’irchog’i 
    jonsizlantirilgan pillalar kunma-kun yig’ilish navbati asosida issiqlik agregatida 
    mo’ljallangan namlikka yetgunga qadar quritiladi. Toshkent pillaxonasida 
    pillalarni tayyorlash va ularga birinchi ishlov berish yangi texnologiyasi 
    qo’llanilib, ishlab chiqarish sharoitida tekshirilib ko’rilganda, faqat pillalarni yerda 
    saqlamay ularni yashiklarda saqlab va tashilganda dog’li pillalarning hajmi ikki 
    barobar kamayishiga (30,2-0,3 % eski va yangi texnologiyada 16,3 – 0,4 %) va 
    pilla qobig’i ezilgan pillalar 8,6 marta (15,6 – 0,3 dan to 1,3 – 0,2 % gacha) 
    qisqargan. 


    126 
    Yangi texnologiya qo’llanilganda navli pillalarning miqdori kontrolga 
    nisbatan 27,1 % ko’payib, dog’li pillalar,10,1 va chuvalanmaydigan pillalar 4,2% 
    kamaygan. Navli pillalarning ko’payishi hisobga ipak chiqish miqdori ham 2,1% 
    dan 6,2% ga ko’paygan.
    Eski texnologiya, ya’ni pillalarni yerda saqlash, qo’lda bajariladigan 
    ishlarning ko’payishidan tashqari, pillalarning sifatining juda pasayib ketishiga va 
    dog’li, ezilgan pillalarning ko’payishiga olib kelishini Marg’ilon ipak 
    kombinatining pillaxonasida o’tkazilgan tajribalarning natijalarida ham yaqqol 
    misol bo’la oladi. Masalan: tajriba yakunlari uch yil mobayinida o’rtacha ezilgan 
    pillalarni 19.7% va dog’li pillalarning miqdori 24.7% ga oshganligini ko’rsatadi. 
    Har bir pilla yetishtiradigan xo’jalikda pillalarni terish oldidan bo’sh va qattiq 
    idishlar keltiriladi, ular terilgan va losdan tozalangan tirik pillalar bilan to’ldiriladi. 
    GOST talablariga rioya qilgan holda navli, nuqsonli va qorapachoq pillalar 
    alohida-alohida terilib yashiklarga solinadi. Shu qattiq idishlarda pillalar tayyorlov 
    punktlariga olib boriladi va ularni u yerda davlat standarti bo’yicha qabul qilinadi. 
    Binobarin, qabul punktida pillalar qattiq standart idishlarga ag’dariladi, keyin ular 
    shu qattiq idishlarda pillalarga dastlabki ishlov berish bazasiga jo’natiladi va u 
    yerda dastlabki ishlov beriladi. Shundan keyin qurigan yoki yarim quruq pillalar 
    qaytadan yashikka solinadiYarim quruq pillalarni to’liq quritish yashiklarda davom 
    ettiriladi. Buning uchun yashiklar bir qatordan olib boshqa qatorga taxlanadi, bu 
    ularning tez qurishiga imkon beradi. Yashikdagi quruq pillalar kam almashtiriladi, 
    ya’ni pillalar ag’darilib, qaytadan o’z idishiga solinadi, keyin qurigan pillalar 
    davlat standartiga asosan qoplarga joylashtiriladi. 
    Yaponiyada pillalarni qabul qilish va dastlabki ishlov berish hamda ularga 
    haq to’lash bizdagiga qaraganda boshqacha tashkil etilgan. Fermer xo’jaliklari yoki 
    qishloq kooperatorlari tirik pillalarni bevosita pillakashlik fabrikalariga 
    topshiradilar, ular pillalar g’umbagini o’ldirib, uni to’la quritishni «Yamato-
    Sanko» quritgichlarida amalga oshiradilar. Pillalarga ishlov berishning hamma 
    davrlarida va tashishda qanordan foydalanadilar. 


    127 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Yashiklarga pilla solish uchun moslama

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish