Pillalarga dastlabki ishlov berish mexanizmlari va texnologiyalarini pilla




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Pillalarga dastlabki ishlov berish mexanizmlari va texnologiyalarini pilla 
sifatiga ta’siri. Pillalarni tayyorlash va ularga birinchi ishlov berish yangi 
texnologiyasining asosida qattiq jismdan yasalgan yashiklar yaratish va ulardan 
foydalanish, hamda iloji boricha qo’lda bajariladigan texnologik jarayonlarni 
mexanizasiyalash maqsad qilib qo’yilgan. 
Tirik pillalarni dastadan terib olgandan to ularning g’umbagini o’ldirib, 
quritguncha bo’lgan barcha saqlash, tashish bilan bog’liq bo’lgan texnologik 


119 
jarayonlar maxsus ishlab chiqilgan yashiklarda bajariladi. Bunda bir necha bor 
pillalarni yerga to’kish, sholchalarga solib tashish, ularni kuraklar yordamida 
ag’darib turishdek qo’lda bajariladigan og’ir mehnatdan pillaxona ishchilari ozod 
etiladi. Bu yashiklarda pillalar qobig’ining ezilishiga va ularning sifati buzilishiga 
yo’l qo’yilmaydi. 
Marg’ilon ipak kombinatida va ayrim pillaxonalarda qo’yidagi yashiklar 
ishlatiladi: 
1. Taxtadan yasalgan karkasli yashiklar, ulchami:- 0,6x0,5x0,4 (bo’yi, eni, 
balandligi) atrofi qanor kop matosi bilan o’rab yasalgan. Yashikning og’irligi 4 kg 
bo’lib, ichiga 20 kg pilla sig’adi. Ammo bunday yashiklar ko’rimsiz va 
chidamsizdir. 
2. Dyuralyuminiyning tunukasidan yasalgan, atrofi teshikli yashiklar xam 
ishlatildi. Uning o’lchami: 0,6x0,5x0,4 bo’lib, og’irligi 7 kg va unga ham 20 kg 
pilla sig’adi. Havo almashuvi yaxshilanishi maqsadida yashikning atroflari 8 mm 
diametirda 1992 teshik qilingan. Teshiklar orasidagi masofa 20 mm ni tashkil 
etadi. Bu yashiklarning qovurg’asi karkasi po’lat uchburchaklardan yasalgan. (gost 
13737 - 80). 
Qishloq va suv xo’jaligi ministirligining ipakchilik bosh boshqarmasiga 
qarashli pillaxonalarda 1984 yilgacha qo’yidagi asbob anjomlar ishlatilgan (1984 
yilga kelib yangi texnologiya to’liq joriy etilgan): 
1. Atrofi setkali, kovurg’asi 6-8 sm qalinlikda simdan yasalgan yashiklar. 
Uning o’lchami: bo’yi 622x eni 480x balandligi 400 mm bo’lib 18-20 kg pilla 
sig’adi. Bunday yashiklarda havo to’liq aylanib unga solingan pilllar qizimaydi. 
2. Zagruzchik - pillalarni yashiklarga solish moslamasi 
Punktlarda zvenolardan qabul qilib olingan tirik pillalarni urintirmay yashiklarga 
solish uchun maxsus moslama yaratilgan. Uning yordamida setkali yashiklar 
to’ldiriladi va tagliklarga terib qo’yiladi. Moslamaning o’lchami 2100 x 1400 x1050 
mm bo’lib TU 37-7.00000000 raqam bilan rasman tasdiqlangan. U metaldan katta 
yashiksimon ko’rinishda yasalgan bo’lib, kovurg’asi temir burchakdan, atrofi 
tunikadan va oldi tomonidan setkali yashiklarga pillalar to’g’ri tushadigan qilib ikkita 


120 
tarnov qilingan. 
Moslamaning yana bir qulay yeri shundaki unga tirik pillalar solingandan 
so’ng, ular tarnovdan tushirilayotgan paytda, saralanmay qolgan 1-2ta dog’li va 
navsiz pillalarni terib olish imkoniyati mavjuddur. Bunday moslama qabul 
punktlarida bitta toroziga bitta bo’lishi ko’zda tutilgan. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pillalarga dastlabki ishlov berish mexanizmlari va texnologiyalarini pilla

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish