111
o’chirish asboblari, o’rindiklar bilan ta’minlangan bo’lishi, pillalar tashib
keltiriladigan avtoulovlar turadigan maxsus maydonchalar bo’lishi zarur bo’lishi
hisoblanadi.
32-rasm. Pilla terish; 1-maxsus dastgohda pilla terish; 2- oddiy usulda pilla
terish.
8
Qabul qilinayotgan pillaning navi laboratoriyada aniqlanadi. Pillaga dastlabki
ishlov berish bazalarida yoki ularni qabul qilish punktlarida tayyorlanadigan tut
ipak qurtining oq pillali zot va duragaylardan iborat tirik pillalariga qo’yidagi
standart joriy etilgan
Ushbu standartga muvofiq tut ipak qurtining tirik pillalari qobig’ining sifatiga
qarab I, II navga, nostandart, navsiz va qora pachoq pillalarga ajratiladi.
Navli pilla aralashmasi qurtning zoti yoki duragaylari bo’yicha alohida-
alohida saklanishi kerak.
Tirik pillani saqlash muddati xo’jalikdan yoki pilla topshiruvchidan qabul
qilingan vaqtdan boshlab to g’umbagi o’ldirilgungacha ikki sutkadan oshmasligi
kerak.
Ipak qurtlari pilla o’rab bo’lgandan keyin 2 - 3 kunda g’umbakka, g’umbaklar
esa 12 - 14 kundan keyin kapalakka aylanib, pillani teshib chiqadi.