104
to’g’ri keladi. Oqibatda ertalabdan idishlarga solingan pillalar toshirilgunga qadar
(kech soat 16-17 largacha) kamida 7-8 soat yopiq idishlarda saqlanadi. Biz ushbu
masalaga oydinlik kiritish maqsadida pillalarni turli idishlarda solib topshirish
vaqtida idish ichidagi haroratning o’zgarishi va uni pilla sifatiga qanday ta’sir
etishini o’rgandik.
Tirik pillalarni yuqorida qayt etilgan turli idishlarga solib topshirishda (ularda
havo almashinish juda pasayishi tufayli) pilla qobig’i pachoqlanib dog’li pillalar
ko’payib, navsiz pillalar miqdori ortib boradi. Ayniqsa pillalar havo kirmaydigan
(yon tomonlarida teshigi bo’lmagan) polietilen qoplar va choy yashiklarda solinsa,
ularni qabul punktlariga olib borilgunga qadar, pillalar namlanib yumshoq bo’lib
qoladi va yo’lda (transportda) olib borilayotgan davrda, hamda pillaxonada tortish
va topshirish uchun kutish chog’ida pillalar ezilib, pachoq va dog’li pillalar
miqdori ko’payadi.
Shuning uchun tirik pillalar terilib, pillaxonaga topshirish uchun olib borishda
qanor, qop, choy yashiklari, polietilen xaltalar va boshqa talabga javob
bermaydigan idishlarda solib topshirish va tashish tavsiya etilmaydi. Bularning
o’rniga tirik pillalarni solish, tashish va pillaxonada saqlash uchun mo’ljallangan
maxsus yashiklar va savatlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, idish
ichida harorat va namlikni ortib ketishiga, pillalarni ortiqcha ezilishiga, pachoq
bo’lishiga hamda dog’li pillalar miqdorining ko’payib ketishiga yo’l qo’yilmaydi.
Shuningdek navli pillalar miqdori va sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi aniqlandi.