-rasm. Ipak chiqaruvchi bezniig siquvchi apparat naychasi




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

29-rasm. Ipak chiqaruvchi bezniig siquvchi apparat naychasi: 
I- ipak chiqrish naychasining o’zunasiga kesimi; II - ipak ajratish 
naychasining orqa tomonidan tik kesimi: 1-ipak chiqarish naychasining uchi,2-
ipak naychasining kengaygan joyi, 3-muskullari, 4-naychanint baland joyi,5-
siquvchi apparat naychasida qisilib qolgan ipak tomchisi, 6-qisuvchi apparati, 
7-naychaning baland jayi, 8-toq ipak chiqrish yo’li, 9-Lione bezining ipak 
chiqarish yo’li, 10-Lione bezi. 


107 
Pillaning tuzilishi. Ipak qurti pilla o’rab bo’lgandan keyin po’st tashlaydi 
va g’umbakka aylanadi. Yetilgan pilla, pilla qobig’idan, g’umbak va ipak 
qurtining g’umbakka aylanish davrida tashlagan terisidan tuzilgan bo’ladi. 
Pillaning tashqi ko’rinishi turli xilda bo’lib, asosan rangi, shakli, katta-
kichikligi va donadorligi bilan farq qiladi. Pillalarning rangi nihoyatda xilma-
xil: oq kul rang, tovlanadigan oq (marvarid rang), sariq, pushti, ko’kimtir, 
sarg’ish va boshqa ranglarda bo’ladi. Bular ipak qurti gemolimfasiga tut 
bargidan kirib turuvchi pigmentlarga - bo’yoq moddalarga bog’liq bo’lib, 
zotlarning xarakterli belgilaridir. Ammo bir zotning pillalari tovlanishi 
jihatidan turlicha bo’lishi mumkin. Sanoatbop pillalarning rangi sof oq bo’lishni 
talab qiladi, chunki ularni turli xil rangga bo’yash qulay. 
Pillalarning shakli, katta-kichikligi hamda vazni ularning tabiiy belgilari 
hisoblanadi, ammo ipak qurtining rivojlanish sharoiti va qisman dastaning 
xususiyatlariga qarab bu belgilar turlar va zotlar ichida ham o’zgarishi mumkin. 
Pillalar shakli jihatidan sharsimon (yumaloq) tuxumsimon (oval), duksimon va 
silindr shaklida bo’lishi mumkin. Tuxumsimon va silindr shaklidagi 
pillalarning beli salgina yoki juda ingichka bo’lishi mumkin.
Pilla qobig’i tashqi qavatlarining xususiyatlaridan biri uning donadorligidir. 
Donadorlik pilla qobig’ining asosiy qismi o’rala boshlash vaqtida ko’proq ipak 
chiqarilib yuzaga keladi, natijada pilla sirtida donadorlik hosil qiluvchi 
do’mboqchalar paydo bo’ladi. Do’mboqchalarning katta-kichikligi chuvalgan 
qavatdagi ipak tolalarining oralig’iga, sakkizliklarning kengligiga va ipak 
tolasining yo’g’on-ingichkaligiga bog’liq. Beli ingichka pillalarning uzunligi 
(bo’yi) yo’g’onligi yarim sharlarning ko’ndalang kesimining eng katta va 
ingichka joyi kesimi eng kichik bo’lgan joylaridan o’lchanadi. Pillalarning katta-
kichikligi qurtning zotiga bog’liq bo’lib, ko’pincha boqish sharoiti ham katta 
ta’sir qiladi. Ozuqaga to’ymagan qurtlar kichik pilla o’raydi. Urg’ochi pillalar 
erkak pillaga nisbatan yirikroq bo’ladi. 
Pillalarni dastalardan terib olish vaqtiga kelib, tirik pilladagi pilla 
qobig’ining vazni 10-24% ni tashkil etadi. Erkak qurtlarda urg’ochilarga 


108 
nisbatan pilla qobig’i
birmuncha ortiqroq bo’ladi. G’umbagi o’ldirilgan va 
havoda quritilgan pillalarning qobig’i pilla vaznining 43-50% ini tashkil etadi. 
Pillalarning biologik va ayniqsa, texnologik xossalariga irsiyatdan tashqari 
pilla o’rash sharoiti-harorat, namlik, yorug’lik, aerasiya, dastalarning miqdori 
va sifati ham katta ta’sir etadi. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Ipak chiqaruvchi bezniig siquvchi apparat naychasi

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish