• 44-rasm. Pillalarni qabul qilingan kuniga qarab, navbati bilan konteynerlarda kutish joyiga joylashtirish sxemasi. 45-rasm. Pillalarga birinchi ishlov berish grafigi
  • Pilla o’rash jarayoni tugagach, qurtlar pillaning ichida g’umbakka aylanadi. G’umbak esa o’z navbatida kapalakka aylanadi. G’umbak
  •  -rasm. Pillalarni yashiklarga solish va ularni tashishda yuk ortuvchi




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet66/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    43 -rasm. Pillalarni yashiklarga solish va ularni tashishda yuk ortuvchi 
    mexanizmlardan foydalanishni namunaviy sxemasi. 
    1-konteyner; 2-pilla yuklovchi; 3-yashiklar; 4-tarozi 
    Tarozi xona
    Pilla saqlanadigan 
    joy


    129 
    44-rasm. Pillalarni qabul qilingan kuniga qarab, navbati bilan 
    konteynerlarda kutish joyiga joylashtirish sxemasi. 
    45-rasm. Pillalarga birinchi ishlov berish grafigi: 1-9 sutka davomida kelgan 
    pillalarning bir qismini issiqlik agregatlarida ishlov berish, 2-7 pillalarning 
    fumigasiya qilinadiganidan qolgan qismi; 2’’-7’’ fumigasiya qilingan pillalarni 
    issiqlik agregatlariga kiritish. 
     
    Issiqlik 
    agregati
    Issiqlik 
    agregati
    Issiqlik
    agregati
    G
    ’u
    mb
    ak
    ni
    o
    g’i
    rl
    ig




    130 
    Pilla o’rash jarayoni tugagach, qurtlar pillaning ichida g’umbakka 
    aylanadi. G’umbak esa o’z navbatida kapalakka aylanadi. G’umbak 
    kapalakka aylanib bo’lgach, kapalak so’ruvchi qopchig’ida hosil bo’lgan 
    suyuqlikni ikki-uch tomchisini og’iz bo’shlig’i orqali bosh tomonidagi pilla 
    qutbiga tomizadi. Natijada, suyuqlik bilan ho’llangan pilla qobig’ining 
    serisini eriydi, u serisinni eritgani uchun uni serisinaza fermenti deb ataladi.
    9
     
    Kapalak shu joydagi yumshagan ipak tolalarini oyoqchalari bilan chetga 
    suradi, so’ngra teshik ochib, tashqariga chiqadi. Bunday teshik pillalar yigirish 
    uchun yaroqsiz hisoblanadi. Shuning uchun pilla ichidagi g’umbakning kapalakka 
    aylanishini oldi olinadi, ya’ni ular o’ldiriladi va bu ish ikki bosqichdan iborat. 
    Pilla ichidagi g’umbakni o’ldirish (uning kapalakka aylanib, pillani teshib 
    chiqishi oldini olish) va .pilla ichida o’ldirilgan g’umbakni quritish. Pillalarning 
    o’lgan g’umbagi bilan (tirik g’umbaklarga xos bo’lgan miqdordagi namlik bilan) 
    saqlash, uni muqarrar mog’orlashga olib keladi, ya’ni ipak mahsulotining tarkibi 
    buziladi. Odatda, g’umbakni quritish vaqtida uning namligi yo’qoladi, ammo pilla 
    qobig’i tarkibidagi namlik o’z me’yorida saqlanishi kerak ,chunki pilla qobig’idagi 
    tabiiy namlikning yo’qolishi pilladan olinadigan ipak mahsulotining buzilishiga 
    olib keladi. 
    Shunday bois, pillalarga dastlabki ishlov berish (PDIB) ikki jarayondan 
    iborat: pilla ichidagi g’umbakni o’ldirish va o’ldirilgan g’umbak tanasidagi 
    namlikni me’yoriga keltirish (ammo shu narsaga e’tibor berish kerakki, 
    pillalardagi, aniqrog’i g’umbakdagi namlik miqdori 10% atrofida bo’lsin).
    Pilla ichidagi g’umbakni turli yo’llar bilan o’ldirish mumkin. Jumladan, tik 
    tushayotgan quyosh nurida, issiq havoda (60
    0
    S darajadan kam bo’lmagan), issiq 
    suv bug’ida, turli zaharli moddalar bug’ida, radioaktiv nurlarda, turli 
    kuchlanishdagi va har xil ko’rinishdagi elektr toki ta’sirida hamda sovuq omillarda 
    (suyuq azot va boshqalar), vakuumda va boshqa fizik ta’sir ko’rsatish yo’li orqali 
    amalga oshirish mumkin. 
    9
    9
    2.
    Kamal Jaiswal

    Sunil P. Trivedi
     / 
    B. N. Pandey
    :MoricultureAph Publishing Corporation (2009) 


    131 
    Yaponiyaning Nagano prefekturasidagi “GUNDZE” firmasining pillakashlik 
    kombinatida 90 t va Gurjistonning Samtredia pillakashlik fabrikasida 70 t tirik pilla 
    sig’adigan omborxona – sovutgich qurilgan. Bu omborxona – sovutgichda 
    pillalarning g’umbagi ikki bosqichda o’ldiriladi: birinchi bosqichda, tirik 
    pillalarning g’umbagi 0….

    4
    0
    S harorat va 80-85% namlikdagi omborxona – 
    sovutgichga joylashtiriladi. Ular 60 kundan keyin kapalakka aylanish qobiliyatini 
    yo’qotadi, chunki bunday sharoitda ularning hayot faoliyati juda pasayib ketadi, 
    natijada tanasidagi ehtiyot (zapas) moddalarning bir qismini sarflaydi.
    Ikkinchi bosqichda, asosan pillalarni sublimasiya shaklida quritish amalga 
    oshiriladi, unda havo harorati 

    12…

    15
    0
    va 60-65% kam nisbiy namlikda ushlab, 
    kuniga omborxona havosi 12 marta shamollatib turiladi.
    «Simpleks» pilla quritgichi uch xil tartibda ishlashi mumkin: 
    1. G’umbaklarni o’ldirish; 
    2. G’umbaklarni o’ldirish va yarim quritish; 
    3. Tirik pillalar g’umbagini o’ldirish va to’la quritish. 
    Yashikli «Simpleks» pilla quritgichi 1-12 ta tik bo’limdan iborat. Vaqti-vaqti 
    bilan pillalarni joyi yuqoridan pastki yashikka sig’adigan miqdorda o’zgartiriladi. 
    Bo’lmaga kelayotgan havo olovli kalorifer bilan qizdiriladi. 
    Pastki bo’limga yo’naltirilayotgan havoning harorati 50
    0
    S yetgach yuqoridagi 
    yashikka tirik pillalarni solishga kirishiladi. Quritish bo’limining har bir yuqorigi 
    yashigiga 40 sm qalinlikda, ma’lum balandlikda belgilangan chiziqgacha tirik 
    pillalar solinadi. Yashikli «Simpleks» pilla quritgichni bir me’yorda ishlashi uchun 
    quritish bo’limining yuqori yashigiga bir xil vaqt oralig’ida, taxminan har 15 min 
    dan keyin pilla solish amalga oshiriladi. Agar pillalarni quritishning belgilangan 
    texnologik jarayoni tugasa va to’rtinchi yashikdagi pillalar havo quruqligi 
    holatigacha quritilgan bo’lsa, u vaqtda keyingi pillalarni bir yashikdan boshqasiga 
    tushirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. Shiber-qopqoq berkitiladi, to’rtinchi 
    yashikni qaytarma eshikchasi ochiladi; to’rtinchi yashikdagi pillalar chiqarib 
    olinadi va yashik pillalardan bo’shashi bilan uning qaytarma eshigi zich qilib 
    yopiladi, shiber-qopqoq suriladi va pillalarni yuqorigi yashiklardan pastkisiga 


    132 
    to’kish birin-ketin amalga oshiriladi; uchinchi yashikdan to’rtinchisiga; 
    ikkinchisidan uchinchisiga; birinchisidan ikkinchisiga; birinchisiga esa yangi tirik 
    pillalarni ma’lum miqdorda solinadi. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     -rasm. Pillalarni yashiklarga solish va ularni tashishda yuk ortuvchi

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish