64
QURTXONALARNI TAYYORLASH VA JIHOZLASH
Ishning maqsadi: Talabalarga qurt boqishdan oldin qurtxonalarni ta’mirlash,
jihozlashni o’rgatish.
Topshiriqlar:
1. Binoni ishlatish tartibi bilan tanishish.
2. Ipak qurti urug’ini jonlantirishdan oldin qurt boquvchilar bilan
shartnomalar tuzishni o’rganish.
3. Qurt boqish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish ishlari va bajariladigan
tadbirlari bilan tanishish.
Kerakli materiallar va jihozlar: Darslik va o’quv qo’llanmalar, turli tipdagi
qurtxona rasmlari, qurtxonalarni ta’mirlash va jihozlash uchun kerakli asbob-
uskunalar, purkagichlar, turli xil etajerkalar, so’kchak va so’rilar, turli xil dastalar
(pillalari bilan), navdor, nuqsonli va qorapachoq pillalardan namunalar, qurtxonada
pechka va asbob-uskunalarning joylashish sxemasi, qurt boqish uchun kerakli
anjomlar, rangli rasmlar.