|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. TBog'liq Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlariAsosiy tushunchalar: Inkubatoriyada olib boriladigan ishlarning eng
mas’uliyatlilaridan bittasi urug’ni jonlantirish (inkubasiya qilish) tartibi va
usullarini bilish hamda uni amalda to’g’ri bajarishdan iboratdir. Shuning uchun
ham qurt urug’ini jonlantirishda inkubistlardan katta mahorat (tajriba), bilim va
sezgirlikni talab etadi. Chunki keyinchalik xo’jaliklarda boqiladigan qurtlarning
sog’lom o’sib-rivojlanishi, kasalliklarga chidamliligi, hosildorligi va pillaning
sifatli bo’lishi qurt urug’ini tartib bilan, inkubasiya qoidasiga rioya qilgan holda
jonlantirilishiga uzviy bog’liq bo’ladi.
Viloyat va tumanlarning bosh pillaxona rahbarlari va yetuk mutaxassislari
tomonidan urug’ni inkubasiyaga qo’yish muddati aniqlangandan keyin belgilangan
kunda urug’lar zavoddan olib kelinadi va shu vaqtni o’zida inkubatoriyaga
jonlantirish uchun qo’yiladi. Urug’lar, odatda, maxsus kassetalarda yoki qog’oz
xaltachalarda inkubatoriyaga olib kelinadi. Keltirilgan urug’lar darhol maxsus
(oldindan tayyorlab qo’yilgan) qutichalarga to’kiladi. Buning uchun kassetalar bir
chetini 4-5 mm uzunlikda qirqib, teshikcha hosil qilinadi, agar urug’ xaltachada
bo’lsa uni og’zi ochilib, sekin qog’oz qutichalarga yoki yog’och ramkachalarga
58
yupqa qatlam qilib to’kiladi. Mabodo to’kilgan urug’ qutichani biron joyida qalin
bo’lib qolsa, u darhol yoyib qo’yiladi. Shu tartibda inkubatoriyaga keltirilgan
barcha kassetalardagi urug’lar to’kilgach, har bir qutichaga tartib nomeri, ipak
qurtining zoti yoki duragayning nomi va uni qanday zotlardan olinganligi hamda
urug’ning miqdori yozilgach, qutichalar so’kchaklarga tartib nomeri bilan
qo’yiladi. Shu ma’lumotlar inkubasiya varaqasiga ham yoziladi: shu bilan birga
qog’oz qutichaning tartib nomeri inkubasiya varaqasida yozilgan tartib nomeriga
mos kelishi shart.
№ 1 1)Tetragibrid – 3, 2)Partiya № 112 , 3)Urug’ni massasi 58 g
Inkubasiya qoidasiga binoan bitta inkubatoriyada turli zot yoki turli
duragaylarni, birorta zot bilan duragay urug’larni bir joyda jonlantirmasligi kerak.
Agar bitta inkubatoriyada turli zot yoki duragaylarning urug’larini jonlantirishga
majbur bo’linsa, xonadagi etajerkalarning bittasiga ma’lum bir zot yoki
duragayning urug’i qo’yiladi, ikkinchisiga esa boshqa zot yoki duragayning urug’i
joylashtiriladi.
Odatda ikki quti urug’ (bir quti urug’ 29 g) bitta qutichaga to’kiladi. Agar
inkubatoriyada 50 qutidan kamroq urug’ jonlantiriladigan bo’lsa, bitta qutichaga
bir quti urug’ to’kiladi. Urug’larni qutichaga to’kishda quticha devorchalari bilan
urug’lar orasida 1,0-1,3 sm ochiq joy qoldirilishi lozim. Inkubasiya qoidasiga
binoan 1 g uruqqa 18 sm
2
joy talab etilgan bo’lsa, bitta qutichaga to’kilgan 58 g
urug’ uchun esa 1044 sm
2
joy zarur bo’ladi. U holda quticha ichidagi umumiy
maydon 1196 sm
2
ga teng bo’ladi.
So’rilarning yuqorigi va pastki qavatlarida havo harorati 1-2 darajaga farq
qiladi. Shuning uchun ham qavatdagi urug’larga bir xil sharoit yaratish va qurtlarni
bir muddatda ochib chiqishini ta’minlash maqsadida qutichalarning joyi
almashtirib turilishi kerak. Har kuni bir marta yuqori qavatda joylashgan
qutichalarni pastki qavatga, pastki qavatdagisini yuqori qavatga olib turish lozim.
qutichadagi urug’lar bir joyga to’planib qolmasligi uchun bu ishni maxsus
taxtachalar yordamida bajarish tavsiya etiladi. Pechka yoki boshqa isitkichlarga
yaqin joylashgan urug’ni ham tez-tez almashtirib turish zarur.
59
Inkubatoriyaga jonlantirish uchun qo’yilgan urug’ va uning murtagini
(embrion) yaxshi va bir tekis rivojlanishi uchun xonadagi havo harorati va
namligini, yorug’lik hamda havo almashinish jarayonini ahamiyati kattadir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T
|