Zarur bo’ladigan narsalarning nomi va miqdori




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/175
Sana16.11.2023
Hajmi11,98 Mb.
#99770
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   175
Bog'liq
Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

Zarur bo’ladigan narsalarning nomi va miqdori. 1.Psixrometr 3 dona, 
2.Termometr 3 dona, 3. Termograf 1 dona, 4. Gigrograf 1 dona, 5.Gigrometr 1 
dona, 6. Psixrometrik jadval 3 dona, 7. Urug’ to’kilgan protveynlar (quticha) 


49 
turadigan 3-4 qavatli etajerkalar 3 dona, 8. Jonlangan qurtlarni qo’yish uchun 
ishlatiladigan 3-4 qavatli etajerkalar 4-5 dona, 9.Tarozi toshlari bilan 1 dona, 10. 
Milligramm va grammli toshchalari bo’lgan maxsus to’plam (nabor) 2 dona, 11. 
Tyuldan qilingan doimiy s’yomniklar 6-8 m
2
12. Qog’ozdan yasalgan s’yomniklar 
300-350 dona, 13.Urug’ni to’kish va jonlantirish uchun ishlatiladigan protveyn 
(qog’oz quticha) 60-110 dona, 14. Jonlangan qurtlarni solish uchun ishlatiladigan 
qog’oz protveynlar (quticha) 150-300 dona, 15. Kontrol tortishda yoki jonlangan 
qurtlarni tortishda ishlatiladigan faner yoki kardon 1 dona, 16. Pinsetlar 2 dona, 17. 
Revundik yoki boshqa qalin material (namlikni saqlash uchun) 10 metr, 18. Chelak 
3 dona 19. Sevator (bog’bon qaychisi) 2 dona, 20. Pichoq 2 dona, 21. Barg 
qirqishda foydalaniladigan taxtacha 2 dona, 22. Barg olib kelish uchun 
ishlatiladigan fartuk 1 dona, 23. Bolta 1 dona, 24. Stol 1-2 dona, 25. Stullar 3-4 
dona, 26. Ruchka yoki qalam 4 dona, 27. Daftar 2 dona, 28. Soat 1 dona, 29. 
Lampochka 4 dona, 30. Supurgi 2 dona, 31. Umivalnik 1 dona, 32. Sochiq 2 dona, 
33.Xalat 4 dona, 34. Sovun 2 dona, 35. Polni yuvish va artish uchun qalin mato 1 
metr, 36. Doka, 10 metr, 37. Kiyim ilgich (veshelka) 1 dona, 38. Hisoblash uchun 
cho’t yoki elektromikrokalkulyator 1 dona, 39. Tovuq pari 4-6 dona, 40.Tut bargini 
solib qo’yish uchun polietilen xalta 1 dona, 41. Ohak 10 kg, 42. Ip (kanop) 1,5-2 
kg, 43. O’tin 1m
3
44. Ko’mir 0,5 tonna, 45. Choynak 2 dona, 46. Piyola 4 dona. 
Inkubatoriyadagi haroratni aniqlashda asosan quyidagi asboblardan 
foydalaniladi: 
1. Termometr 2.Psixrometr (Avgust va Assimon psixrometrlari) 3.Termograf. 
Bu asboblardan termometr va psixrometr xonani devoriga yoki etajerkalarni 
(so’kchaklarni) chetiga osib qo’yiladi va xohlagan vaqtda kelib harorat necha 
daraja ekanligini bilib olishi mumkin bo’ladi. 
Termograf esa xonani kerakli joyiga tekis qilib qo’yiladi. Bu o’zi yozadigan 
asbob bo’lib, ichida soat mayatnigiga o’xshash qismi bor. Tashqarisida richagi va 
aylana shaklida silindri bo’lib, richagining uchiga pero o’rnatiladi, silindrga esa 
graduslarga bo’lingan millimetrli qog’oz o’raladi. Silindr ichki mexanizm 
yordamida kecha-kunduzi yoki xaftasiga bir marta sekin aylanib turadi. Xonadagi 


50 
haroratni ko’tarilishi yoki pasayishi bilan richak perosi ham baland yoki rastni 
chizadi. Natijada graduslarga bo’lingan millimetr qog’oz ustida iz qoladi. Shu 
izning yo’liga qarab harorat aniqlana beradi. 
Xonadagi namlikni esa quyidagi asboblar yordamida aniqlanadi: 
1. Avgust yoki Assimon psixrometrlari bilan. 
2. Sossyur gigrometri yordamida. 
3. Gigrograf bilan. 
Gigrografning tuzilishi va ishlash prinsipi xuddi termografga o’xshaydi. 
Ishlab chiqarishda inkubatoriya haroratini va namligini o’lchash uchun asosan 
Avgust psixrometridan foydalaniladi, chunki bu psixrometrni xonaning xohlagan 
joyiga osib qo’yish, harorat va namlikni tezda o’lchab olishda pillakorlar 
qiynalmasdan foydalanishi mumkin. 
Bu psixrometrlarni ikkita simobli termometri bo’lib, bittasi quruq termometr, 
ikkinchisi (simobli uchiga batis latta o’ralgan) ho’l termometr deb ataladi. Ikkinchi 
termometrning simobli uchiga o’ralgan batis latta probirka ichidagi suvga tegib 
turishi kerak. Suv bilan simobli sharcha oralig’idagi masofa 1,5 sm bo’lishi lozim. 
Aks xolda namlikni noto’g’ri ko’rsatadi. 
Namlikni aniqlashda maxsus psixrometrik jadvaldan foydalaniladi. Jadvaldan 
foydalanish quyidagicha bajariladi. Dastlab psixrometrning quruq termometri 
ko’rsatib turgan haroratni yozib olamiz (misol uchun 24 gradus), so’ngra ho’l 
termometrning ko’rsatgan haroratni yozib olamiz (misol uchun 21 gradus). So’ngra 
quruq termometr ko’rsatkichidan ho’l termometr ko’rsatkichini olib tashlaymiz 
(misol uchun 24-21

3). Jadvalni chap tomonidan ho’l termometr ko’rsatgan 
haroratni topamiz. Misol uchun 21 gradusni. Yuqorisidan esa ikkala termometr 
ko’rsatkichlari orasidagi farqni topamiz (misol uchun 3 gradusga teng). So’ngra 
ikkalasini bir-biriga kesishtiramiz. Kesishgan joyidagi raqam shu xonaning namlik 
%i bo’ladi. Bizni misolimizda bu 76% ekan. 
Qurt 
urug’i solingan qog’oz qutilar quyiladigan so’kchaklarning 
(etajerkalarning) tuzilishi har xil bo’lishi mumkin, biroq ular yetarli kattalikda, 
havo bemalol tegib turadigan hamda ishlash uchun qulay bo’lishi kerak. Ko’pincha 


51 
so’kchaklar quyidagi o’lchamlarda yasaladi: kengligi 1m, qavatlar orasidagi oraliq 
kamida 40 sm, pastki qavatning yerdan balandligi va eng yuqorigi qavatdan shipga 
bo’lgan masofa kamida 70-75 sm Inkubatoriyaning katta-kichikligiga qarab, 
so’kchakning uzunligi har xil bo’lishi mumkin, odatda u 2i qilinadi yoki kattaligi 
2mx1m bo’lgan maxsus temir so’kchaklardan foydalaniladi. 
Inkubatoriyada urug’larni kontrol tortish va jonlangan qurtlarning miqdorini 
aniqlash uchun tarozi hamda toshlar kerak bo’ladi. Tarozi stol ustiga qo’yiladigan, 
sezgirlik darajasi 0,10-0,25 g ga teng bo’lishi kerak. Sezgirligi bundan ham 
kamroq bo’lgan tarozilar urug’ yoki qurt tortishga yaramaydi, chunki bunday 
tarozining pallasi kichik bo’lganligidan qurt urug’i solingan quti (protveyn) 
joylashmaydi. Shuning uchun ham urug’ni inkubatoriyaga keltirmasdan oldin, bir-
ikkita taxta faner yoki qalin (qattiq) karton tayyorlab, taxt qilib qo’yilishi lozim. 
Faner yoki karton urug’ solingan qutidan kattaroq bo’ladi va tarozida tortib barvaqt 
muvozanatga keltirib qo’yiladi. qurt urug’i solingan qutini tarozida tortish vqtida 
qutidagi (palla)ga haligi faner yoki kartonni qo’yish kerak, shunda urug’ni tortish 
ancha osonlashadi va ular qutida surilib bir joyga to’planib qolmaydi.
Tarozining toshlari ham o’ziga to’g’ri keladigan, massasi esa 1g dan 100g 
gacha bo’lib maxsus g’ilofda saqlanishi lozim. Bundan tashqari, yengil va kichik 
narsalarni (100 g massagacha) tortishda ishlatiladigan (teng pallasi qo’lda ko’tarib 
tortadigan) tarozilarning maxsus mg li (5 mg dan 50 mg gacha bo’ladi) toshlaridan 
ham foydalaniladi. 
Urug’larni jonlantirish va jonlangan qurtlarni solish uchun maxsus kattalikka 
ega bo’lgan qutilardan foydalaniladi. Bunday qutilar zichligi 100-120 g/m
2
bo’lgan 
o’rov qog’ozidan yasaladi. qutining tubi bir qavat, devorchalari esa ikki qavat 
qilinadi. Devorchalarning balandligi 3 sm bo’ladi. quyidagi 4-jadvalda urug’ni 
jonlantirish uchun ishlatiladigan qog’oz qutichalarning o’lchamlari berilgan. 
Urug’ solinadigan qog’oz qutilar o’rniga yog’och ramkalar yasash mumkin. 
Bunday ramkalar uzoq vaqtiga chidaydi va ishlatilishi qulay bo’ladi. Ramka yupqa 
plankalardan yasaladi va bir tomoniga surp chit va shu kabi siyrak to’qilgan mato 


52 
tortiladi. qog’ozdan yasalgan qutichaning ichki o’lchami qanday bo’lsa yog’och 
ramkaning o’lchami ham shunday bo’ladi. 
Quticha va ramkalarning o’lchamini belgilashda urug’ni yupqa qatlam qilib 
yoyib solish zarurligi nazarda tutilishi lozim, bu esa me’yorida havo almashinishini 
ta’minlaydi. Yaxshisi inkubatorlarda urug’ni bir qavat qilib, inkubatoriyalarda esa 
qog’oz qutilarga ikki qavat qilib, yoyib solingani ma’qul, shunda urug’larga havo 
yaxshi tegib turadi. 
N.Axmidovning Samarqand viloyati Nurobod nohiyasi bosh pillaxonasining 
mudiri T.Jurayev bilan 1980-1991 yillar davomida o’tkazgan tajriba ishlari 
natijalari shuni ko’rsatdiki, inkubasiya davrida urug’ solingan qutichalarning ostki 
tomonini nina bilan teshib qo’yilsa, qutichaning ustki va ostki tomonidan ham 
jonlanayotgan urug’larga havo bir tekis o’tib turadi. Natijada urug’lar bir tekis va 
yaxshi jonlanar ekan. 
Qutichalar ichiga urug’ solishda (to’kishda) quti devorchalari bilan urug’lar 
orasidagi masofa 1,0-1,3 sm ga teng bo’lishi kerak. Bu ochiq joy urug’ni 
inkubasiya qilish vaqtida embrion rivojlanishining o’n birinchi blastokinez 
bosqichida shakllanayotgan qurt o’z holatini o’zgartirishi natijasida urug’da 
sakrash (ishlab chiqarishda bu xodisani urug’ chirsilladi deb atashadi) holati ro’y 
berganda sakragan urug’larni quticha devori tubiga kelib tushishiga hamda urug’ 
ustiga vaqtincha qo’yilgan s’yomniklarni qurti bilan kutarib olish uchun kerak 
bo’ladi. Shunga muvofiq, 10g urug’ solinadigan quticha ichidagi umumiy maydon 
240 sm
2
, 29g (1 quti) urug’ni jonlantirish uchun zarur bo’ladigan quticha ichidagi 
umumiy maydon 638 sm
2
va 58g (2 quti) urug’ solinadigan quticha ichidagi 
umumiy maydon esa 1196 sm
2
bo’ladi va hokazo. 

Download 11,98 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   175




Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zarur bo’ladigan narsalarning nomi va miqdori

Download 11,98 Mb.
Pdf ko'rish