44
boquvchi zvenolarni qurt olishiga qulay va yaqin joyda bo’lishi kerak.
Inkubatoriya xizmat qiladigan joy doirasining radiusi 4-5 km dan oshmasligi, ya’ni
inkubatoriya bilan qurtxona orasidagi masofa uchun 1
soatdan ortiq vaqt
sarflanmasligi kerak.
Jonlangan qurtlarni zvenolarga tarqatgunga qadar boqib turish uchun
inkubatoriya yonida (yaqinida) tutzor bo’lishi lozim. Bundan tashqari, inkubatoriya
yaqinida ifloslangan va axlat tashlanadigan maydon bo’lmasligi kerak.
Shuningdek, inkubatoriya uchun zaxarli ximiyaviy moddalar, dorilar va o’g’itlar
saqlangan binolardan ham foydalanib bo’lmaydi.
Inkubatoriya uchun pechkasi bo’lgan quruq yorug’, g’isht yoki paxsadan
qilingan, ya’ni issiqlikni yaxshi saqlaydigan binolar ajratiladi.
Bunday kapital
binolarda harorat va havoning nisbiy namligi bir me’yorda, ya’ni urug’ni yaxshi
jonlantirish uchun kerakli darajada saqlab turish mumkin bo’ladi.
Inkubatoriya ikki yoki uchta alohida-alohida xonalardan iborat bo’lib,
bittasida qurt urug’i jonlantiriladi, ikkinchisida urug’dan ochib chiqqan qurtlar
zvenolarga tarqatilgunga qadar boqib turiladi, uchinchi xonadan esa zvenolar bilan
suxbatlashish va ularga qurt tarqatish uchun foydalaniladi. Bu
xonalar bir-biridan
maxsus yo’lak yoki daxliz yordamida ajratilgan bo’lishi kerak. Binoning uchinchi
xonasi bo’lmasa, uning oldiga qurilgan ayvondan foydalanish mumkin.
Urug’ jonlantirilayotgan xonaga begona odamlar kirib-chiqmasligi kerak,
chunki ularning poyabzallari va kiyim-boshida chang bilan birga ipak qurti
kasalliklarini qo’zg’atuvchi va yuqtiruvchi turli zaharli mikroblar ham bo’lishi
mumkin. Bundan tashqari, inkubatoriya ichkarisiga kiradigan eshik tashqarisiga 4-
5%li formalin eritmasi bilan ho’llangan latta tashlab qo’yilishi lozim.
Pillachilik sohasida o’tkazilgan ko’p yillik kuzatishlar va ilg’or
pillakorlarning tajribalari shuni ko’rsatdiki, 50 quti urug’ jonlantiriladigan
xonaning umumiy maydoni 8-9m
2
, hajmi esa 25-28m
3
ga teng bo’lishi kerak.
Jonlantiriladigan qurt urug’ini miqdoriga qarab
xona qanday kattalikka ega
bo’lishi qo’yidagi 1-jadvalda ko’rsatilgan.