41
Shundan so’ng, juft ipak o’tkazuvchi yo’llarining bitta toq ipak o’tkazuvchi
yo’liga qo’shilish joyida orqa tomondan unga shingilsimon kichkina bezning
chiqaruv yo’llari ochiladi, ular “Lione” bezlari deb ataladi.
Ipak ajratadigan pilla ipagi ikki toladan iborat bo’lib, bu tolalar bir-biri
bilan bir tekisda va juda puxta birikkandir. Ipak tolasi chin ipak – fibroin va
fibroinni yupqa qatlam bo’lib, o’rab turuvchi yopishqoq yelimsimon modda –
serisindan iborat. Ipak tolasini 70-80 foiz fibroin va 20-30 foiz serisin tashkil etadi.
Bulardan tashqari juda oz miqdorda 2,5-3,5 foiz mineral va mumsimon moddalar,
pigmentlar bor.
Xulosa qilib aytganda, ipak bezi faoliyati qurtxonadagi haroratga bog’liq
bo’lib, qurt boqish jarayonida haroratni me’yoridan past (20-21
0
S) yoki ortiq (28-
29
0
S) bo’lishi ipak ajratuvchi bezda ipak moddasini kam sintezlanishiga olib
keladi. Natijada pilla o’rash davrida qurtlar vazni yengil, qobig’i yumshoq yoki
qotib qolgan, sifati past pillalar o’raydi.
Demak, tut ipak qurtining ipak bezi faoliyati qurtxonadagi havo harorati va
pillalarning biologik ko’rsatkichlari orasida o’zaro bog’liqlik pilla vazni, qobig’i
og’irligi va ipakchanligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu esa o’z navbatida
qurtxonadagi haroratni qurtlarning yoshiga qarab mo’tadil darajada saqlash
zarurligini bildiradi.