36
15-rasm. A-ipak qurtining ayirish va sezgi organlari: 1-orqa chiqarish
geshigi, 2-orqa ichak, 3-siydik pufagi,
B — ko‘zining tuzilishi: 1-shox qavati, 2-
qilchasi, 3-gavhar, 4-yadro. 5-tur qavati, 6-tur qavat tayoqchasi,
V – sezgi
tukchalarining tuzilishi.
Hasharotlarning eng asosiy emunktoriyalari malpigi (birinchi
marta italyan
olimi Marchello Malpigi XVII asrda aniqlagan) naylaridir.
Malpigi naychalarida ajralib chiqadigan mahsulotlarni tarkibi va miqdori
organizm rivojlanishining har xil davrlarida moddalar almashinuvini amalga
oshirishda sodir bo’luvchi bioximiyaviy jarayonlardagi
sifat va miqdoriy
o’zgarishlarni o’zida aks ettiradi. Kichik yoshdagi ipak qurtining malpigi
naychalarida ajralib chiqadigan moddalar tarkibida siydik kislotasiga qaraganda
kalsiy oksalat birmuncha ko’p bo’ladi. Katta yoshdagi qurtlarda esa, aksincha,
siydik kislotasi ko’p bo’ladi.
I c h k i s e k r e s i y a o r g a n l a r i hasharotni o’sish va rivojlanish,
ichki
jarayonlarning borishiga ta’sir etuvchi maxsus
ximiyaviy moddalar ajratib
chiqaradi. Bu moddalar yangi jarayonlar hosil qiladi yoki aksincha, ularning
hosil bo’lishiga to’sqinlik qiladi. Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, ichki
sekresiya organlarining ajratadigan moddalari g a r m o n l a r d e b ataladi.
Garmonlar ipak qurtining po’st tashlash, metamorfoz jinsiy yetilish va
37
voltinlikning o’zgarishi kabi jarayonlarni amalga oshiradi va boshqaradi.
Garmonlarning ta’siri murakkab
va spesifik harakterga ega, agar bir xil
garmonlar rivojlanishining u yoki bu jarayonlarini hosil qilsa, boshqa garmonlar
aksincha, bu jarayonlarni yoki dastlabki garmon ajratuvchi bezlar faoliyatini
to’xtatish qobiliyatiga ega. Rivojlanishning turli xil
jarayonlari bir xil ichki
sekresiya bezlari ajratgan garmonlar ta’sirida yuz beradi. Bitta garmonning
o’zi organizm holatiga qapab turlicha jarayonlar hosil qiladi yoki ichki
sekresiyaning bitta bezi turlicha ta’sir etuvchi garmonlar ajrata oladi.
Ichki sekresiya organlarining ish faoliyatini nerv sistema boshqaradi.
Jinsiy bezlar. Jinsiy hujayralar ipak qurtining
embrional rivojlanish
davridan oshlab somatik-tanachalardan differensiyalashadi. Lekin, tuxum va
urug’ning hosil bo’lish jarayoni (ovogenez spermatogenez) ipak qurtining
lichinkalik davrida jinsiy murtak bezlarining (tuxumdon va urug’don) o’sish va
rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq. Ipak qurtlari
ayrim jinsli hasharotlar
guruhiga mansub bo’lib, qaysi jinsidan qat’iy nazar, ularning jinsiy bezlari
beshinchi qorin bo’g’imining yelka (orqa) tomonida,
yelka qon tomirining ikki
yonida joylashgan bo’ladi. Qurtning shu bo’g’imida tashqi tomonida (yelka)
yarimoy shaklida dog’i bor. Endigina tuxumdan chiqqan ipak qurtlarida jinsiy
bezlarning kattaligi uzunasiga 0,07, eniga 0,04 mm bo’lib, katta yoshida 1,0-0,7
sm gacha yetadi.