• K o’ k r a k
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/175
    Sana16.11.2023
    Hajmi11,98 Mb.
    #99770
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175
    Bog'liq
    Ipakchilik fanidan amaliy laboratoriya mashgulotlari

    Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar, tayyor preparatlar
    tablisa (plakat)lar, ipak qurtining maketi, turli yoshdagi fiksasiyalangan qurtlar - 
    ho’l preparatlar va turli rangdagi qurtlar. 
    Asosiy tushunchalar: M o r f o l o g i y a - tananing tashqi hamda ichki 
    tuzilishini o’rganadi. Bu bobda tut ipak qurtining faqat tashqi tuzilishini, ya’ni 
    e y d o n o m i y a s i n i ko’rib chiqamiz. 
    Tut ipak qurtida ham tangacha qanotli kapalaklar turkumining vakillariga 
    o’xshash, lichinkalik davri mavjud. Bu davrda u o’sadi, rivojlanadi va keyingi 
    rivojlanish davrlari uchun zapas oziq yig’adi. Chunki tut ipak qurtlari faqat 
    lichinkalik davrida oziqlanadi. Bu davrda jinsiy organlari shakllanadi va ularda 
    jinsiy hujayralar g’umbaklik davriga kelib to’liq rivojlanib shakllanadi. 
    Tut ipak qurtining morfologik belgilari beshinchi yoshda to’liq shakllanadi. 
    Tanasi cho’zinchoq, silindrik shaklda, qorin tomoni biroz yassiroq, yelka tomoni 
    esa yarim oy shaklida - yumaloq, bo’rtib chiqqan bo’ladi. Qurt tanasi uch - b o s h ,
    k o ’ k r a k v a q o r i n qismlardan iborat. 


    16 
    B o sh i katta emas, yarim yumaloq- nuxatning yarim pallasiga o’xshash, 
    qo’ng’ir jigar rangda (5 yoshda). Bosh qismida bir muncha qattiq-xitin modda 
    hosil bo’lgan bo’lib, ikki bo’lma bir-biriga harakatsiz birikkan. 
    Qurtning bosh qismi mayda tukchalar bilan qoplangan. Boshining ustki 
    qismida ko’z, mo’ylov, og’iz apparati va ipak ajratish naychasi joylashgan. 
    Boshning ikki yon tomonida 6tadan 12 ta oddiy ko’zchalari bo’ladi. 
    Ipak qurtining ko’krak va qorin qisimlari bo’g’imlaridan tuzilgan. 
    K o’ k r a k q i s m i nisbatan kalta, 3 ta bo’g’imdan iborat: Bo’g’im 
    chegarasi faqat qorin tomondan ko’rinib, birinchi ko’krak bo’g’imi boshi bilan 
    yumshoq keng biriktiruvchi parda orqali birikkan. Har bir qo’qimining ostki 
    tomonidan bir juftdan oyog’lari joylashgan bo’lib, ularning har biri o’z navbatida 
    uch bo’g’imdan iborat. Bu oyoqchalar tuklar bilan qoplangan, oxirgi bo’g’im 
    qattiq tirnoq bilan tugaydi. Bu oyoqlar «haqiqiy oyoqlar» deb aytiladi. Chunki ular 
    kapalaklik davrida ham saqlanib qoladi. Ko’krak oyoqlari asosan qurtlar 
    oziqlanayotganda bargni tutib turish uchun xtzmat qiladi. 
    Ko’krak bo’g’imlarining orqa va yon tomonida teri yirik burmalar hosil 
    qiladi, bular ostida kapalak qanotining boshlang’ich murtaklari joylashgan. 
    Ko’krak bo’g’imining har bir yon tomonida oval shaklida qora dog’ 
    ko’rinishidagi bittadan nafas teshigi bor. 

    Download 11,98 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   175




    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bekkamov. Ch. I, Hamdamova. E. I, Narbayeva. M. K, Ismatullayev. H. T

    Download 11,98 Mb.
    Pdf ko'rish