12
mavsumda o’rtacha 150-200 donagacha tuxum qo’yadi. Tuxumlar kulrang
qizg’ish tusda bo’lib, og’irligi 3-5 mg, ba’zan 7-8 mg keladi.
Kapalaklar tuxumlarini asosan daraxt kovaklari yoki po’stlog’i orasiga qo’yadi.
Ko’klamda bu tuxumlardan (tabiiy sharoitda) qurtlar jonlanib chiqadi.
Yovvoyi ipak qurtlarining qurtlik davri qurtning turiga qarab, 40-50,
ba’zan 60 kungacha davom etadi.
Tut ipak qurtining rivojlanish davri. Umuman hayvonlar past
embrional, ya’ni tuxum qo’yib ko’payuvchi hayvonlarda tuxumdan chiqqandan
keyin, tirik bola tug’uvchi hayvonlar, tug’ilgandan keyingi rivojlanish davrida
shaklini o’zgartirmasdan - m ye t a m o r f o z a s i z v a shaklini o’zgartirish -
m e t a m o r f o z a yo’li bilan rivojlanadi.
Tut ipak qurti to’liq metamorfozali hasharotlar guruhiga kirib, to’rtta
rivojlanish davrini boshidan o’tkazadi.
- tuxumlik davri, embrionning rivojlanish va ko’pchiligida qishlash
vazifasini o’tish davridir.
- lichinkalik - qurtlik davri. Bu davrda oziqlanadi, o’sadi, rivojlanadi va
zapas oziq modda to’playdi.
- g’umbaklik davri - tanasini qayta tiklash, imago davriga xos belgilarni
hosil qilish, shaklini o’zgartirish-metamorfoza davri.
- imago-kapalaklik, ya’ni jinsiy balog’atga yetish, tuxum qo’yish-nasl
berish davri.