7
IPAK QURTINI TURLARI VA RIVOJLANISh DAVRLARI
Mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga ipak qurtining tuxumi, lichinkasi
(qurti), g’umbagi, kapalagi, Aylant,
kanakunjut, Assam qurtlari, Xitoy, Yapon va
Hindiston dub
ipak qurtlarining lichinkasi, g’umbagi pillasi, kapalagi va
tuxumlarining tuzilishini o’rganish.
Topshiriqlar:
1. Monovoltin, bivoltin va polivoltin ipak qurtlari zotlari bilan tanishish.
2. Tut ipak qurtini rivojlanish davrlarini o’rganish.
3. Kuzatgan obyektlarni rasmini chizish.
Kerakli materiallar va jihozlar: Uslubiy qo’llanmalar,
qo’l lupasi,
binokulyar mikroskop,
ipak qurtining rivojlanishi, yovvoyi ipak qurtlari, tut ipak
qurtining tashqi va ichki tuzilishi, g’umbak, pilla, kapalak va tuxumning (urug’)
tuzilishlari ko’rsatilgan jadvallar, slaydlar, fotosuratlar.
Asosiy tushunchalar: ( Biologiya - grekcha so’z bo’lib, bios — hayot,
logos — ta’limot degan ma’noni bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, biologiya
— tirik tabiat va mavjudotlarning hayot faoliyati to’g’risidagi fanlar
majmuidir.
Ipak qurti biologiyasi ipak qurtining hayvonot olamida (zoologik
klassifikasiyada) tutgan o’rni, turlari (guruhlari), uning individual rivojlanish
xususiyatlarini va ular bilan bog’lik, hodisalarni o’rganadi.
Tabiiy ipak faqat ipak qurtlaridan olinadi. O’zbekistonda
asosan tut ipak
qurti boqiladi. Tabiiy ipak esa chiroyliligi, pishiq va mo’stahkamligi, havo
o’tkazuvchan va chirimasligi bilan boshqa tolalardan farq qiladi.
Tut ipak qurtining hayvonot olamida tutgan o’rni. Tut ipak qurti
zoologik sistematikada akademik G.Ya. Bey-Biyenko ta’rificha, faqat tut bargi
bilan oziqlangani
uchun t u t i p a k q u r t i (Bombyx mori L) turi, qurtlik
davrining oxirida mudofaa qatlam — pilla o’ragani uchun p i l l a k a s h l a r
(Bombycidal) oilasi, voyaga yetgan davrida kapalagining
tanasi tangachalar
bilan qoplangani uchun t a n g a c h a l i l a r yoki kapalaklar (Lepidoptera)
8
turkumi, individual rivojlanishida to’liq shaklini o’zgartirib rivojlangani uchun
to’liq m ye t a m o r f o z a l i l a r (Holometabola) bo’limi, uch juft oyoqlari, tanasi
bosh, ko’krak va qorin qismlariga ajralganligi uchun olti oyoqlilar yoki
h a s h a r o t l a r (Insecta) sinfi, nafas olish organlari traxeyadan tuzilganligi uchun
t r a x e y a b i l a n n a f a s o l u v c h i l a r (Tracheata)
kenja tipiga va nihoyat
oyoqlari bo’g’imlardan iborat ekanligi uchun b o’ g’ i m o yo q l i l a r
(Arthropoda) tipiga kiradi.