6
qurtining yangi zot va duragaylarini ishlab chiqarishga tatbiq etish vazifalari
ko'rsatib o'tilgan.
Pillachilik tarmog'ining eng dolzarb muammosi yuqori navli raqobat bardosh
pilla hamda ipak tolasi ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishdir. Sohadagi ushbu
muammoni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 3-
yanvardagi fermer xo'jaliklarida 3 gektar va undan ortiq tutzorlar tashkil etib,
ularning yonida 15 qutiga mo'ljallangan qurtxonalar qurish hamda 2012-yil 12-
nоyabrdagi «O'zpaxtasanoat» uyushmasi tizimidagi paxta punktlarida рillа
yetishtirish va aholiga xizmat ko'rsatish shaxobchalarini tashkil etish chora
tadbirlari to'g'risidagi qarorlari qabul qilindi. Ushbu qarorlarga asosan
«O'zpaxtasanoat» uyushmasi tizimidagi paxta zavodlari va ulaming 196 ta paxta
qabul qilish maskanlarida 50-70 qutidan ipak qurti boqib рllа yetishtirishni yo'lga
qo'yish va qurtxonalar yonida intensiv texnologiyali tutzorlar tashkil etish uсhun 5
gektardan yer maydoni ajratish bo'yicha tegishli idoralarga topshiriqlar berildi.
Hozirgi kиnda yuqoridagi topshiriqlar asosida 196 ta paxta qabul qilish maskanlari
ichida yoki yonida 72 х 12 sxemada 70 quti ipak qurti boqishga mo'ljallangan
qurtxonalar qurilib, tutzorlar tashkil etish uсhun Xitoydan tut ko'chatlari keltirib
ekildi.
2017- yil 24-martda “Respublika ipakchilik tarmog’i korxonalarini yanada
qo’llab-quvvatlash chora-tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi
Prezdentining Farmoishi chiqdi.
Bu farmoishda respublikada pillachilikni yanada rivojlantirish chora
tadbirlari aniq ko’rsatib berilgan bo’lib, respublikada pilla va ipak tayyorlash
yagona “O’zbekengilsanoat” uyushmasiga birlashtirilib, uning raisi O’zbekiston
Respublikasi vaziriga, uning birinchi o’rinbosari vazirning birinchi urinbosariga,
rais o’rinbosarlari vazir o’rinbosarlariga tenglashtirildi.