11
A y l a n t i p a k q u r t i aylant daraxtining bargidan
tashqari siren va olma
daraxtining bargi bilan ham oziqlanadi. Bular Hindiston,
Xitoy va Yava
mamlakatlarida uchrab, bir yilda 4 marotabagacha avlod beradi. Pillasi
kulrang sariq tusli, cho’zinchoq. Bir qutbida teshigi bor, tolasi sug’urilmaydi.
K a n a k u n j u t i p a k q u r t i aylant ipak qurtiga juda yaqin bo’lib, 4-7
marotabagacha avlod beradi.
U kanakunjut, siren, yovvoyi olma daraxtlarining
bargi bilan oziqlanadi. Ularning o’ragan pillalari oq, jigar rang qizg’ish
tusli
bo’lib, olingan ipak tolasi yaltirab turadi. Kanakunjut ipak qurti Hindiston,
Xitoy va Vyetnam mamlakatlarida uchraydi.
Assam ipak q u r t i hammaxo’r hasharotlarga kiradi. Yarim xonakilashtirilgan,
yiliga 5 tagacha avlod beradi. Pillasi turli rangda bo’lib, uzunligi 5 sm cha, bir tomoni
o’tkirlashgan, kichik teshikchasi bor. Pillasi yigiriladi.
X i t o y d u b i p a k q u r t i kapalaklari yirik,
qanotining yozganda 15-
18
sm ga yetadi, qanotlari chiroyli, har birida ko’zcha
shaklida xollari bor,
yaxshi uchadi, 15 kungacha yashaydi. G’umbaklik davrida qishlaydi. Qurtlari
dub bargi bilan oziqlanib, bargdan g’ilofcha yasab pilla o’raydi. Pillasi qo’ngir
rangli,
tuxumsimon shaklda, uzunligi 4-6 sm, poyachali,
poyachasi yordamida
dub novdasiga xalqacha hosil qilib pillasini ildiradi. Sanoatda katta ahamiyatga
ega.