128
5. Kislota qoldig‘ining ichki sferaga kirishi, chiqishi, ular
qoldiqlarining bir-biri bilan almashinishi eritma haroratiga,
kontsentratsiyasiga, tuzlar tarkibiga, kislota qoldig‘i tabiatiga,
kompleksning zaryad miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Cr birikmalari tarkibida -OH guruhi bor bo‘lgan moddalar
oshlash xususiyatiga ega, odatda ular xromning asosli tuzlari deb
yuritiladi. Xromning oshlovchi eritmalarining birinchi tavsifiga
asoslik misol bo‘la oladi.
Odatda, asosli xrom tuzlari aralashmasida Cr bilan bog‘langan
kislota bilan bir qatorda erkin kislota ham bo‘ladi.
Aralashmada erkin kislota bo‘lmasa asoslik soni asoslik
darajasiga teng bo‘ladi.