131
jihatdan
ham
kationitlar
va
anionitlar
yordamida
bu
komplekslarning miqdorini aniqlashning amaliy ahamiyati juda
katta.
Kationitlar kislota xossasiga ega bo‘lib,
kationlar bilan
almashadi: anionitlar bunga teskari, ya’ni
asos xarakteriga ega
bo‘lib, anionlar bilan almashadi. Kationitlar o‘z molekula tarkibida:
SO
3
H, –COOH va fenol aktiv kislota guruhlarini saqlashi bilan
xarakterlanadi: anionitlar o‘z tarkibida azot
guruhini saqlashi bilan
NH
2
, >NH (alifatik va aromatik birikmalarning) xarakterlanadi.
Ion almashinish hodisasini quyidagi sxema orqali tushuntirish
mumkin:
RCOOH + MeX > RCOOMe + HX
kationli almashinish
RCOOMe + HCl > RCOOH + MeCl
kationit regeneratsiyasi
RNH
3
X + MeA > RNH
3
A + MeX
anionli almashinish
RNH
3
A + MeX > RNH
3
X + MeA.
Kation, anion va zaryadsiz
xrom kompleks ionlarini
kationitdan o‘tkazilsa, fil’tratga anion va zaryadsiz kompleks ionlar
o‘tadi. Anionitdan o‘tkazilsa, fil’tratga kation va zaryadsiz
kompleks ionlar o‘tadi. Ikki fil’tratning farqi orqali kation, anion va
zaryadsiz xrom kompleks ionlarining
miqdorini hisoblash mumkin
bo‘ladi.