133
Xrom sul’fatlari suvli eritmalarda
gidrolizlanadi va asosli
birikmalar hosil qiladi. Asoslik esa, amalda ancha past bo‘ladi.
Gidroliz va OL–birikmalarning hosil bo‘lishi, ishqor qo‘shish
bilan tezlashadi, shu bilan bir qatorda, tuzilishi murakkab bo‘lgan
xromkomplekslar, ya’ni ichki sferasida – OH, SO
4
2-
guruhlari
bo‘lgan komplekslar vujudga keladi.
Asoslik oshishi bilan, SO
4
2-
miqdori ham oshaveradi.
Ko‘pgina o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, oshlovchi
xrom sul’fatlar tarkibi, uning kontsentratsiyasiga, eritmaning rN ga,
ularni tayyorlash usuliga, eritmani eskirish muddatiga qarab
o‘zgarar ekan.
Xrom sul’fatlar eritmasiga neytral tuzlarni qo‘shish ham,
ularni tarkibiga ta’sir ko‘rsatadi, masalan,
natriy xlorid kislotalikni
oshiradi, ya’ni vodorod ionlari kontsentratsiyasi oshadi, natriy
sul’fat esa kislotalilikni tushiradi
hamda kompleksning ichki
sferasida SO
4
2-
guruhining miqdorini oshiradi. Asoslik xrom sul’fat
eritmalarida, odatdagi xrom sul’fat eritmalariga nisbatan SO
4
2-
guruhlari ko‘proq joylashadi. Asoslik darajasi qanchalik yuqori
bo‘lsa, SO
4
2-
guruhi shuncha tez xrom kompleksiga kirib joylashadi.
Xrom kompleksning koordinatsion ichki sferasida joylashgan SO
4
2-
guruhi Cr atomi bilan har xil mustahkamlikdagi bog‘lanish
orqali
bog‘lanadi. Masalan:
Ikki xrom atomini bog‘lab turuvchi SO
4
2-
guruhi alohida xrom
atomi bilan bog‘langan SO
4
2-
guruhiga qaraganda kuchliroq
bog‘langan.
Asosli xrom sul’fat tuzlariga organik kislotalarni qo‘shsak,
kompleks tarkibi kation kompleks holatidan,
anion kompleks
holatiga o‘zgaradi.
Shunday qilib, asosli xrom sul’fat kompleks ionlari, kation,
anion va neytral holatlarda uchraydi. Ularning olifikatsiyalanishi
xrom xloridlariga nisbatan tez bo‘lib oshlash xususiyati ham yaxshi
va ular anion kompleksli ionlar hosil qiladi.
O
O
S
O
O
\
\
/
//
\
O
O
S
O
O
Cr
OH
Cr
O
O
S
O
O
\
\
//
/
\
\
/
/
\
\
/
//
\
\
134
Xrom tuzlari eritmasiga natriy sul’fitni ta’sir ettirishda,
xrom
sul’fit komplekslarini hosil bo‘lishi aniqlangan. Sul’fit
miqdorini
ko‘proq qo‘shganda, SO
3
2-
ionining ionsiz bog‘lanishi va anionli
xrom kompleks ionlarining miqdori oshaveradi.
Xrom sul’fit komplekslarining oshlash xususiyati, sul’fitlar
miqdorining
ko‘payishi
bilan
oshaveradi.
Yuqori
oshlash
xususiyatiga ega bo‘lish uchun bir atom xromga 1,5 mol sul’fit
qo‘shish kerak bo‘ladi.