136
Organik kislota qoldig‘i bo‘lgan xrom kompleks birikmalar
olish uchun, xrom birikmalari eritmasiga organik kislotalar tuzlarini
qo‘shish kerak. Bunda tuzlar anioni xrom kompleks ichki sferasiga
kirib, kompleks ion tarkibini o‘zgartiradi. Bu tuzlar va ularni anioni
niqoblovchi (maskirlovchi) deb nom olgan.
Eritmadagi niqoblovchi modda miqdorini xrom miqdoriga
nisbatini
niqoblash darajasi deb yuritiladi. Xrom kompleksning
oshlash xususiyati esa, bunga bog‘liq bo‘ladi.
Xrom ekstraktlarini organik birikmalarning qaytaruvchilari
yordamida tayyorlashda, bu birikmalarni to‘liq oksidlanmasligi
oqibatida, maskirlovchi moddalar hosil bo‘ladi. Organik birikmalar
oksidlanishida uglerod (IV) oksidi va suv hosil bo‘lishi bilan birga,
oraliq mahsulotlar, ya’ni organik kislotalar ham hosil bo‘ladi. Bu
kislotalarning radikallari kompleks sferaning ichki sferasiga kirib,
o‘ziga xos maskirlovchi xususiyat beradi. Shu sababli bunday
eritmalarda, tarkibi turli xil bo‘lgan xrom komplekslari uchraydi.
Organik birikmalar bilan xromni qaytarishda hosil bo‘ladigan
organik kislotalar miqdorini aniqlash mumkin. Buning uchun
avvalo, gidroxromat va sul’fat kislota aralashmasidagi mineral
kislota miqdori M % (foiz)da aniqlanadi.
Organik kislota miqdorini esa,
O % da quyidagi tenglama
orqali hisoblash mumkin:
O = 100-asoslik, %-M
Xrom eritmalarida hosil bo‘ladigan organik kislotalar
miqdoriga qaytaruvchilar miqdori va ularning tabiati ta’sir
ko‘rsatadi. Bundan tashqari, xrom bilan sul’fat kislota miqdori
munosabati, qaytaruvchining solinish tezligi, reaksiya harorati
hamda reaksiyaga kirishadigan moddalar kontsentratsiyasi organik
kislotalar hosil bo‘lishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.