|
Monoxromatdan xrom ekstraktini olish jarayoniBog'liq CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASIMonoxromatdan xrom ekstraktini olish jarayoni
8Na
2
CrO
4
+ 16H
2
SO
4
+ C
6
H
12
O
6
8CrOHSO
4
+ 8Na
2
SO
4
+
+ 6CO
2
+ 6H
2
O
Bixromatdan asosligi a = 33,3 % bo‘lgan xrom ekstraktini
olishda 1 mol Cr ga 1,5 mol H
2
SO
4
, ya’ni 8:12 yoki 1:1,5 sarf
bo‘ladi, monoxromatdan a = 33,3 % olishda esa 1 mol Cr ga 2 mol
H
2
SO
4
, ya’ni 8:16 yoki 1:2 sarf bo‘ladi. Shu sababli bixromatdan va
monoxromatdan tayyorlangan xrom ekstraktlari tarkibidagi neytral
tuzlar miqdori bilan farq qiladi. Shunday ekan tayyorlangan xrom
ekstraktlarining tarkibidagi neytral tuzlar miqdori, ularning oshlash
xususiyatiga ta’sir etadi.
Agar texnik monoxromatda ortiqcha ishqor bo‘lsa, neytrallash
uchun qo‘shimcha ravishda kislota sarf bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida
ekstraktda neytral tuzlarni ko‘payishiga olib keladi.
Ko‘nchilar
tomonidan
shu
narsa
tan
olinganki,
monoxromatdan olingan xrom ekstrakti, bixromatdan olingan xrom
ekstraktiga nisbatan oshlash xususiyati past bo‘lar ekan.
Xrom angidrididan xrom ekstraktini olish jarayoni
8CrO
3
+ 8H
2
SO
4
+ C
6
H
12
O
6
8CrOHSO
4
+ 6CO
2
+ 10H
2
O
Xrom angidrididan olingan xrom ekstrakti tarkibida neytral
tuzlar yo‘qligi bilan ajralib turadi va u qoplama plyonkalarni
mustahkamlashda, ilmiy tadqiqot ishlarida ko‘proq ishlatiladi.
Qaytaruvchilarning qo‘llanilishi va xrom ekstraktlarining
xossalari.
Qaytaruvchi sifatida quyidagilar: glyukoza, glitserin, shinni,
sul’fit sellyuloza ekstrakti, xromli qirindilar, cho‘p qipiqlari,
oshlangan chiqindilar, oltingugurt angidridi, giposul’fit ishlatiladi.
|
| |