|
Plastmassalar va ulardan detallar tayyorlashBog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867CPlastmassalar va ulardan detallar tayyorlash. Plastmassalar
tabiiy yoki sun’iy polimerlar asosida olingan materiallar bo’lib, ularni
olish yoki qayta ishlashning ma’lum bosqichida yuqori plastiklikka
ega bo’ladi. Plastik massalar oddiy va murakkab xillarga ajratiladi.
Oddiy plastik massalar yolg’iz polimerlardan iborat bo’lib, ularga
polietilen, polistirol, kapron, organik shisha va boshqalar kiradi.
Murakkab plastik massalarda bog’lovchi polimerlardan tashqari
toldiruvchilar,
plastifikatorlar,
stabilizatorlar,
katalizatorlar,
moylovchi va bo’yovchi moddalar ham bo’ladi. Ba’zan bog’lovchilar
sifatida polimerlar o’rniga bitum, asfalt, sementlardan ham
foydalaniladi.
To’ldirgichlar plastmassalarni fizika-mexanik, kimyoviy va
texnologik xossalarini yaxshilash bilan kam yeyiladigan qiladi.
Ularning narxini arzonlashtirish maqsadida tarkibiga zaruriyatiga
ko’ra 40-80% gacha to’ldirgichlar sifatida yog’och uni, paxta, qog’oz,
asbest, to’qima va shisha tolalari, bo’r, gips, grafit, kaolin, talk
kukunlari va boshqa materiallar qo’shiladi. Plastik massalarning
plastikligi,
elastikligi
va
oquvchanligini
oshirish
maqsadida
plastifikatorlar kiritiladi va plastifikatorlar sifatida kamfara, kana-
kunjut moyi, glitserin, dibutilftolat va boshqalar. Stabilizatorlar plastik
massalarga issiqlik, nur va boshqa faktorlar ta’sirida turg’unligini
oshirish maqsadida oltingugurtli birikmalar, fenollar va boshqalar
ma’lum nisbatda qo’shiladi.
Nazorat savollari:
1. Plastmassa nima?
2. Rezina xossalarini izohlab bering?
3. Polimer materiallar turlari?
4. To’ldirgichlar nima?
5. Termoplastlar deb nimalarga aytiladi?
|
| |