Bog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
7.7. Yog’och materiallarini yo’nish texnologiyasi. Yog’och materiallarini yo’nishda ishlatiladigan qo’l asboblarni tuzilishi va ishlatishining texnologik jarayonlari. Iskanalar va boltalar Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko’ra yo’nuvchi, o’yuvchi va
nov iskanalarga bo’linadi. Yo’nuvchi iskanalar yordamida yo’nish
yo’li bilan taxtalarning chetlariga fasqa chiqariladi, tirnoqlar
rostlanadi, teshik, uyalar yo’nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq
va yupqa taxtalar o’yib teshiladi. Qalin va qattiq yog’ochlarni o’yish,
teshish ishlari barcha vaqt o’yuvchi iskanalar yordamida bajariladi.
Yo’nuvchi iskanalar yupqa, o’yuvchi iskanalar qalin bo’ladi. Bundan
qat’iy nazar ularning eni turli o’lchamda tayyorlanadi. Iskanalar bir
tomondan charxlanadi. Yo’nuvchi iskanalarning o’tkirlik (charxlash)
burchagi 18-35º, o’yuvchi iskanalarning o’tkirlik burchagi 25-35º
atrofida bo’ladi.
Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag’och, yong’oq
kabi pishiq yog’ochlardan tayyorlanib, uchiga metall halqa kiydiriladi.
Iskanalarning dastalari tayyorlashda plastmassadan ham foydalaniladi.
Iskana bilan ishlaganda dastgohni shikatlamasligi uchun ishlanayotgan
buyumning ostiga ehtiyot taxtasi qo’yib ishlanadi.
7-rasm. Duradgorlik iskanalari. Bolta bilan yog’ochni chopiladi, unda teshiklar, ariqchalar
ochiladi va yog’och konstruksiyalarning ayrim detallari moslanadi.
Bolta bilan yog’ochni yorish, chopish va yo’nish mumkin. Yo’nish
87
deganda yog’ochdan payraxa ajratish tushuniladi. Yog’ochni
yo’nilganda undan payraha ko’rinishidagi yupqa tarasha olinadi. Bolta
tig’ining dastaga nisbatan joylashuvi: 8-rasm. Duradgorlik boltalari eskizi. a) to’g’ri burchak ostida (o’tin yorish uchun); b) o’tkir burchak ostida (shox-shabbalarni