7.4. Yog’och materiallarni arralashda mehnat xavfsizligi qoidalari 1.
Arralashdan oldin zagotovkani mustaxkam o’rnatish zarur.
2.
Arraning tishlarini qo’l barmoqlari bilan to’g’rilash mumkin
emas. Bunda taxtacha yoki maxsus tirgaklardan foydalanish kerak.
85
3.
Arralash vaqtida chap qo’lni arra polotnosi yaqiniga qo’yib
turish yaramaydi.
4.
Arra bilan ishlashda polotnoni siltamaslik va uning bukilishiga
yo’l qo’ymaslik kerak.
5.
Dastgoh ustini qipiqlardan sidirgich cho’tka bilan tozalash
lozim.
7.5. Yog’och materiallarni randalashda mehnat xavfsizligi qoidalari 1.
Randalashdan oldin randalarning sozligini tekshirish;
2.
Randalashdan oldin zagotovkani dastgohga mustahkam
o’rnatish;
3.
Randani ishlatishda o’ng qo’lda uning ponasi bilan temirini
qo’shib ushlash kerak.
4.
Ishlov berilgan sirtlarning sifatini va tig’ning o’tkirligini qo’l
bilan siypalab tekshirmaslik lozim.
5.
Ishlash vaqtida qirindilarni asbobning ost tomonidan tozalash
kerak.
6.
Jarohatlanishshshg oldini olish uchun tanaffus paytida
randalarni yonboshlatib, tig’ini narigi tomonga qilib qo’yish lozim.
7.6. Yog’ochga ishlov beradigan tokarlik stanoklarida ishlash vaqtida quyidagi xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak 1.
Shpindelning barcha vaqt to’g’ri (ishlayotgan odamga qarab)
aylanishiga e’tibor berish kerak.
2.
Ishlanadigan yog’ochlarni markaz va vilka orasiga,
patronlarga, planshaybaga mahkam o’rnatish lozim.
3.
Shpindel aylanib turganda vilka va markaz orasiga yog’och
o’rnatmaslik kerak.
4.
Ish vaqtida tirgakni barcha vaqt markazga moslab, yog’ochga
yaqin o’rnatib borish zarur. Buning uchun yo’nish davomida vaqti-
vaqti bilan tirgakni yog’ochga yaqinlashtirib surib boriladi.
5.
Ish
vaqtida
ketingi
babka
va
tirgakni
stanina
yo’naltiruvchilariga mahkam qotirib o’rnatish kerak.
6.
Stanokni to’xtatmasdan turib ishlangan sirtning silliqligini qo’l
bilan tekshirmaslik kerak.
86
7.
Ish vaqtida himoya ko’zoynagini taqib ishlash zarur. STD-120
tipidagi o’yuvchi moslamasi.