80
SDK-5 va MR-2 tipidagi ko’p arrali stanoklarda taxtalar yoki
zagotovkalar bir o’tishda bir necha qismga kesiladi. Arra vali 10
b) quyma korpus 13 ga mahkamlangan podshipniklarda o’rnatiladi;
korpusning toretslari flanetslar 12 va 15 bilan berkitilgan.
Valning
bir uchiga uni tasmali uzatma orqali
elektr dvigatelga ulaydigan
shkiv 16 o’tqazilgan.
3-rasm. Elektr dvigatellarni stanoklarga support yordamida
mahkamlash:
a-chervyakli uzatma bilan, b-shesternya-reykali mexanizm
bilan; 1-stanina, 2-elektr dvigatelni balandlik bo’yicha
rostlaydigan mexanizm maxovikchasi, 3-arra, 4-elektr dvigatel,
5-arrani qiya o’rnatish maxovikchasi, v-elektr dvigatel
qo’zg’aluvchan mexanizmining maxovikchasi, 7-supportning
qo’zgaluvchan qismi, 8-vint, 9-sozlash vaqtida support
suriladigan yo’naltirgichlar, 10-shesternya-reykali mexanizm,
11-maxovikcha hamda boltli torsaviy shayba shkiv
(16 ni valda qo’zg’atmay qo’yadi).
Valning ikkinchi uchiga arralar 5 o’rnatilib, shayba 6 va gayka
7 bilan mahkamlanadi. Arralar valga bevosita mahkamlanishi bilan
birga, maxsus opravka-vtulka 8 ga ham biriktirilgan bo’ladi; vtulka
sirpanuvchan shponkada val bo’yicha suriladi. Shpilka 9 li halqalar
11 arralar oralig’ining o’zgarishiga yo’l qo’ymaydi. Chiqiqlar 18
valni staninaga
sharnirli mahkamlash uchun, chiqiq 14
yordamida
esa val o’rnatilgan korpusni arraning vaziyatini balandligi bo’yicha
o’zgartirib buriladi.
Disk arrali va agregat stanoklarining ko’pchiligida
elektr
dvigatel vali ayni vaqtda arra vali vazifasini ham bajaradi.
Bu esa
81
tayanchlarni qisqartirish va tasmali uzatmani yo’qotish
hisobiga
stanoklarning konstruksiyasini soddalashtirish imkonini beradi.
Rasmda elektr dvigatellarni biriktirishga ikki misol keltirilgan.
Stanoklarning ba’zi konstruksiyalarida (2-rasm, a) stanina 1 ga arra
3 ni zagotovkaga nisbatan muayyan burchak ostida o’rnatish
mumkin. Buning uchun stanok konstruksiyasiga maxovikchasi 5
bo’lgan chervyakli uzatma kiritilgan, bu uzatmaning g’ildiragi elektr
dvigatel 4 mahkamlangan plita bilan bog’langan.
Elektr dvigatel
gorizontal tekislikda maxovikcha 6 li vint yordamida 100 mm
chegara
siljitiladi.
Agar
siljish
100
mm
dan
ortsa,
konstruksnyaga vint o’rniga maxovikchasi 11 bo’lgan
shesternya-
reykali mexanizm 10 kiritiladi (2-rasm, b).
Uzunchoq shakldagi (statorning diametrini qisqartirish uchun)
elektr dvigatel supportning harakatlanadigan elementi 7 ga
mahkamlanadi, bu element yo’naltiruvchi 9
bo’yicha suriladi.
Elektr dvigatelni vertikal tekislikda surish uchun maxovikcha 2
li
vintdan foydalaniladi.