82
Pichoqlar vali bir minutda 6000 marta va bundan ko’p
aylanadi, shunga ko’ra val hamda pichoqlar shunday
muvozanatlanadiki, valning qarama-qarshi tomonlariga o’rnatilgan
ikki pichoqning og’irlik markazlari aylanish o’qidan baravar
masofada joylashgan bo’ladi. Aks holda muvozanati buzilgan
markazdan qochuvchi kuchlar paydo bo’lib, kuchli vibratsiya paydo
bo’ladi, bu esa ish sifatining pasayishiga hamda stanok
elementlarining sinishiga sabab bo’ladi. Pichoqlar vali bir, ikki va
bundan ko’p pichoqlar juftini o’rnatishga mo’ljallangan.
Pichoqlarni o’rnatish usullari rasmda ko’rsatilgan. Pichoqlar 3
valdagi pazlarga o’rnatilgan. Har bir pichoq pazning devori bilan
ponasimon vkladish 4 orasiga boltlar 5 bilan siqib qo’yilgan; boltlar
vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan pazning qarama-
qarshi tomondagi pichoqqa taqaladi. Pichoqni bir tekisda siqib
qo’yish uchun valning uzunligi bo’yicha bir necha bolt bilan siqib
qo’yish ko’zda tutilgan.