91
stanokni boshqarish va unda xavfsiz ishlash ko’nikmalarini
mukammal o’zlashtirguncha qat’iy rioya qilish shart.
Charxlash stanogi
O’quv ustaxonalarida ishlatiladigan ba’zi asboblar ish jarayonida
o’tmaslashib qoladi, ularni o’tkirlash,
ishga sozlash maqsadida
charxlash ishlari bajariladi. Har qanday yangi keskich asboblar
charxlash yo’li bilan o’tkirlanadi. Charxlash elektrik charxlar, qo’l
charxlari yordamida bajariladi. Charxlarga o’rnatiladigan toshlar halqa
shaklidagi abraziv materiallardan iborat. Abraziv materiallar qattiqligi
yuqori donlardan iborat bo’lib, ularning
maydalangan donachalari
o’tkir qirrali bo’ladi. Bu o’tkir qirrali donalarni biriktirish natijasida
hosil qilingan charxtoshlar o’zidan yumshoq materiallarni charxlaydi,
ya’ni yupqa metall qirindi chiqarib o’tkirlaydi. Charxtoshlar qo’l bilan
yoki elektrik dvigatel yordamida harakatga keltiriladi. Elektrik
charxlarda toshning aylanish tezligi katta bo’lib,
charxlash vaqtida
uchib ketish hollari uchrab turadi. Buning oldini olish mahsadida
charx toshlari valga planshaybalar yordamida puxta o’rnatiladi.
Charxtoshni valga o’rnatganda uning bir tekis aylanishiga
(tepmasligiga) e’tibor beriladi. Yorilgan yoki
darz ketgan va chetlari
uchgan toshlardan foydalanilmaydi. Elektrik charxlarda charxlashda
shikastlanmaslik uchun ishlayotgan odam toshning yon tomonidan
turib charxlashi lozim.
Shuningdek, tosh ishlayotgan odamga yoki
tig’ga qarama-qarshi tomonga aylanishi kerak. Aks holda charxlash
vaqtida uchib chiqqan kukun ko’zga zarar yetkazadi. Bundan qat’i
nazar himoya ko’zoynagi taqib ishlash yoki stanokka o’rnatilgan
himoya oynagini tushirib olish kukun
xonadan tashqariga chiqarib
yuboriladigan bo’lishi kerak. Elektrik charxlarda tirgak bor, ishchi
qo’lini unga tiragan holda tig’ni toshning o’ng va chap chetlariga surib
charxlash ishini bajaradi. Agar tig’ni surib
turmasdan bir joyda tutib
turilsa, tosh o’yiladi va charxlash tekis chiqmaydi. Tirgak bilan tosh
orasida 2-3 mm masofa qoldirib o’rnatilishi kerak. Charxlash
jarayonida
toshning diametri kichiklashib, tirgak bilan tosh orasidagi
masofa kattalasha boradi. Shuning uchun vaqt-vaqti bilan tirgakni
toshga yaqinlashtirib boriladi.