89
jihozlanadi biroq aytib o’tilgan elementlar
kompleksi bilan barcha
stanoklar ham jihozlanavermaydi.
Stanina stanokning asosi bo’lib, barcha uzellar va detallar
staninaga mahkamlanadi. Stanina stanokning ayrim elementlari
o’rtasida ta’sir kuchlarini, titrama
nagruzkalarni hamda ishlov
berilayotgan material nagruzkasini qabul qiladi. Staninalar quyib
va payvandlab tayyorlangan bo’lishi mumkin. Ularni ichini kavak
qilib, kesimi, odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo’lgan
turg’unlikni ta’minlab tayyorlanadi. Staninalarning shakli va
o’lchamlarni stanokning vazifasiga hamda konstruksiyasiga bog’liq.
Kesish
asboblari
aylanadigan
stanoklarning
ish
organlari
shpindellari, pichoqlar va arralar o’rnatiladigan
vallari ana shu
asboblarni mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi. Kesish
asbobi ilgarilanma harakat qiladigan stanoklarda ish organlari kesish
asbobini mahkamlash uchun, yoki uni mahkamlash va unga to’g’ri
chiziqli
kesish harakatini uzatish, yo bo’lmasa to’g’ri yo’nalishda
surish uchun mo’ljallangan. G’o’labo’r arrali va jilvirlash tasmali
stanoklarning ish organlari - shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya’ni
g’o’labur arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan
ilgarilama harakat qiladi.