chopish uchun; c) o’tmas burchak ostida (daraxtni bir oz chopib qo’yish uchun). Egovlar tuzilishi va turlari Egovlar - egovlar ham kesuvchi asboblar hisoblanadi. Ular
o’lchami va profili har-xil bo’lgan hamda ish yuzasiga tishlar o’yilgan
polosa, brosok yoki chiziqdan iboratdir. Egovlar profiliga, tishlarning
shakliga, qanday joylashganiga va o’lchamlariga qarab xilma-xil
bo’ladi. Egovlar yassi, kvadrat, uch qirrali, dumaloq shakllarda
tayyorlanadi. Ularning shakllariga qarab egovlashda qo’llaniladi. Shu
bilan birga ta’kidlash lozimki, egovlar yordamida dag’al, toza va
mayin tekislik holatigacha ishlov beriladi. Egov bilan zagotovkadagi
kichik qo’yim olib tashlanadi va shundan so’ng detal chizmada
ko’rsatilgan aniq o’lchamlar va shaklga ega bo’ladi. Tishlarning
kattaligi va ish qismining 10 mm uzunlikdagi soniga qarab egovlarni
quyidagi turlarga bo’linadi: dag’al-5-12 tishli egovlar dastlabki
zagotovkaning sirtiga xomaki ishlov berishda qo’llaniladi. Toblangan
egovning sig’imi zich (qattiq), xira kulrang baxmalsimon bo’lishi
lozim. Ulardan charxlash, kesish va jilvirlash uchun ishlatiladigan har
turli abraziv asboblar tayyorlanadi. Chuqurchalar orasida hosil bo’lgan
bo’rtiqlar egovning tishlari hisoblanib, ular pona shaklida bo’ladi.
Egovlar asbobsozlik po’latidan yasaladi. Ular bir-biridan ko’ndalang
kesimining shakli, o’ydim-chuqurlarining ko’rinishi, bitta uzunlik
birligidagi bo’rtiqlarining soni va ishchi qismining uzunligi bilan
farqlanadi.
88
9-rasm. Duradgorlik egovlari. Ishlash vaqtida egovni ilgarilama-qaytma harakatlantiriladi va
uning oldinga harakatlanishi ish yurishi, orqaga harakatlanishi - salt
yurish bo’ladi. Ish yurishi jarayonida asbobni zagotovkaga bosiladi va
salt yurishda bosilmaydi.