101
chizig’i bo’yicha kertib tirnoq chiqariladi. Quloq ochilgandan so’ng
“bet” tomondan tirnoqqa moslab porsi chizig’i bo’yicha arralab
tashlanadi (kertiladi). Kertish vaqtida arralash porsi qolip yordamida
bajarilishi mumkin.
3. Talab etilishiga qarab faska yoki gul chiqarish. Detallarga
faska chiqarishda ularning bir xil chiqishini ta’minlash uchun “bet” va
ichki qirralarga xatkash yordamida reja chizib olinadi. Reja
chizig’igacha randalanadi. Gul chiqarishda chorabzal randalar
yordamida payraxa chiqmay qolgunga qadar randalash davom
ettiriladi.
Tayyor qismlarni o’zaro biriktirib birikma hosil qiliinadi va
uning jipsligi ta’minlanadi.