105
2-
rasm. Yog’ochlarni yog’ochga ishlov berish korxonalarida
saqlanishi.
Yog’ochlarni sirtdan himoyalash maqsadida tayyor yog’och
buyum va konstruktsiyalar oliflanadi, moyli bo’yoqlar bilan bo’yaladi,
loklanadi va politurlanadi. Quruq yog’ochlar oliflanadi, bo’yaladi,
loklanadi va politurlanadi. Nam yog’ochlar oliflansa, bo’yalsa,
loklansa uning sirtida yupqa parda hosil bo’ladi
va namlikning
bug’lanishiga yo’l qo’ymaydi. Natijada yog’och chirib buziladi,
bundan tashqari, yog’och qurib yoriladi
va himoya pardaning
yirtilishiga olib keladi. Quruq yog’ochlar lak va bo’yoq pardalari bilan
qoplansa, hosil bo’lgan parda yog’ochni namlik va haroratning
o’zgarishi natijasida ro’y beradigan buzilishlardan saqlashga yordam
beradi.