115
temirbeton”. Ma’lumki, temir-beton olishda, po’lat armature atrofida
betonni qotiriladi. Natijada o’ziga xos monolit xosil bo’lib, beton
asosan siquvchi kuchga, armature chizuvchi kuchga ishlaydi.
Bundan ko’rinib turibdiki, kompozit materiallarni ishlab chiqish,
asos va mustahkamlovchining yaxshi xususiyatlarini qo’llashga
mo’ljallangandir. Bunga misol tariqasida shisha plastikani olishimiz
mumkin. Unda shisha ipni polimer smolasiga botiriladi. Bu material
yonmaydi, o’tda qizdirilganda ham mustahkamligini saqlaydi, suv
shimmaydi,
korroziyaga
chidamlidir.
Bundan
tashqari,
mustahkamlovchi – shisha ipi, ko’p tarqalgan organic va neorganik
tolalar orasida keng qollanilishi bo’yicha oldingi o’rinda turadi.Asosi
polimer bog’lovchi bo’lgan kompozitlar xozircha keng tarqalgan. Bu
materiallar 200 C 6 temperauragacha bo’lgan muxitda ishlay oladi.
Kompozitsion materiallarning ba’zi turlari, masalan: uglerod
bog’lovchisi uglerod tolali kompozitlar 2500 C gacha temperaturaga
bardosh beradi. Bog’lovchi turiga qarab kompozitlar uch xil bo’ladi:
polimerli, metal va keramikali. Polimerlar xaqida yuqorida aytib
o’tildi. Metallkompozitlarning turiga asosan alyuminiy yoki magniy
bo’lgan materiallar qirib, mustahkamlovchi sifatida uglerodli, borli va
boshqa tolalar qo’llaniladi.Tibbiyot sanoatida Plastmassadan ko’plab
asboblar, maxsus idishlar ishlab chikariladi. Jarroxlikda plastmassadan
tayyorlangan yurak klapanlari, qo’loyoq protezlari, ortopedik
qo’yilmalar, ko’z soqqasi va b. ishlatiladi. Kompozitsion materiallar
turli xossalarga ega bo’lgan komponentlar aralashmasidai olinadigan
sun’iy materiallardir. Komponentlardan biri matritsa (asos) bo’lsa,
boshqasi mustahkamlovchi (tola, zarrachalar) hisoblanadi. Matritsa
sifatida polimer, metall, keramika va uglerodli materiallar ishlatiladi.