114
texnologik operatsiyani tugallangan qismi bo’lib detalning ishlov
berilayotgan yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish ma’romlarining
doimiyligi bilan xarakterlanadi. Yordamchi o’tish texnologik
operatsiyaning tugallangan qismi bo’lib, ishchining va (yoki)
dastgohning harakatlari yig’indisidan iborat. Yordamchi o’tish
natijasida detalning shakli, o’lchamlari va xususiyatlari o’zgarmaydi.
O’tish o’z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo’ladi.
Ishchi yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi
asbobni, ishlov berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan
ma’lum qatlamni kesib olish bilan bog’liq bo’ladi.
Yordamchi
yurish texnologik o’tishning tugallangan qismi bo’lib, kesuvchi
asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metalni kesib olmagan
holda bir marta siljishidan iborat. Bu o’tish kesish jarayonini takroran
amalga oshirish uchun kesuvchi asbobni kerakli holga qaytarish uchun
zarur bo’ladi.
Nazorat savollari:
1. Aniqlik tushunchasi
2. Detallarga mexanik ishlov berish jarayonini izohlang
3. Aniqlikka ta’sir qiluvchi omillar