110
bo’lganligi uchun ularni olib bo’lishi mumkin bo’lgan aniqlik
bo’yicha emas, balki iqtisodiy aniqlik bo’yicha tayyorlanadi. Iqtisodiy
aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi bo’yicha
normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi
asboblar hamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida,
ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib
olinadigan detallar aniqligi tushuniladi. Olib bo’lishi mumkin bo’lgan
aniqlik deganda alohida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori
malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay,
mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan
detal aniqligi tushuniladi.
Detalni tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta’sir
ko’rsatadi:
1.
dastgohning noaniqligi;
2. kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlash aniqligi;
3. dastgohni talab etilgan o’lchamga sozlash va kesuvchi asbobning
o’rnatish xatoligi.
4. detalning o’rnatish va bazalash xatoligi;
5. kesish kuchi ta’sirida texnologik ishlov berish tizimining (TIBT)
deformatsiyasi; 6. kesish jarayonida TIBT ning issiqlik ta’sirida
deformatsiyalanishi;
7. ishlov berishdan so’ng detalning
tekshirish jarayonida uning
o’lchamlarini o’zgarib qolishi holatlari;
8. O’lchashdagi xatoliklar.
9. Ish bajaruvchining xatolari.
Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlari ishlab chiqarishni
unumli tashkil qilgan holda metall kesish dastgohlari, kesuvchi
asboblar, moslamalarning texnologik imkoniyatlari to’la foydalanilib,
kam mehnat va vaqt sarflab mahsulotni
minimal tannarxda
tayyorlashga qaratilgan bo’lishi kerak.