106
zambrug’lar va bakteriyalar ta’siridan himoyalovchi vositalar sifatida
organiq va noorganiq moddalar - antiseptiklardan foydalaniladi.
Antiseptiklar zaharlovchi xususiyatga ega bo’lib, bunda uni
ta’siri zamburug’ va bakteriyalarni zararsizlantirishi, hamda inson va
hayvonlarga ta’sir qilmasligi lozim. Ular yog’ochni ishdan
chiqarmasliklari va yog’ochga tegib turgan materiallarga ham ta’sir
qilmasliklari, uzoq vaqt davomida suvda yuvilmasliklari kerak.
Antiseptiklar arzon va tez shimiluvchan bo’lishlari lozim.
Antiseptiklarga quyidagilar misol bo’la oladi
1-jadval
Natriy ftor
NaF
Natriy xlor
NaCl
Sink xlor
ZnCl
2
Mis
sulfat
CuSO
4
.
5H
2
O
Simob xlor
HgCl
2
Yog’ochning mustahkamligini oshirish
Quruq yog’ochni 200° C haroratdan yuqori bo’lmagan metall
eritmasi yoki qotishmalariga shimdirish
orqali uni metallashtirish
mumkin. Jarayon yog’ochni eritmada to’liq ko’milib turishini talab
qiladi. Yog’ochni metall eritmasini yutishi ancha miqdorni tashkil
etadi. 1 g yog’och (buk) 6 g metall (solishtirma og’irligi taxminan 10
g ga teng bo’lgan) ni yuta oladi. Qayin esa 8 g gacha.
Metall
qotishmasi bilan shimdirilgan yog’ochning mexanik xossasi alohida
qotishma va alohida yog’ochnikiga nisbatan yuqori bo’ladi.
Metallashtirilgan yog’och kam nam yutuvchi hisoblanadi,
chunki yog’och
metallga shimdirilganda, metall hujayra devorlariga
shimilmaydi, balki faqat bo’shliqlarni to’ldiradi xolos. Shuning uchun
daraxt moddalari suvni shimadi, lekin o’z shaklini o’zgartira olmaydi.
Metallashtirilgan yog’och bo’yiga issiqlik va elektrni yaxshi o’tkazadi
va aksincha ko’ndalanggiga yomon deyarli ishlov berilmagan
yog’ochnikidek bo’lib qoladi. Metallashgan yog’ochni
ishlash
metallashtirilmagan yog’ochni ishlashdan kam farq qiladi.
Metallashtirilgan yog’ochni kesimlari juda chiroyli bo’lib, ulardan
mebel ishlab chiqarishda, xonalar ichini
pardozlashda foydalanish
107
mumkin. Metallashtirilgan yog’ochdan podshipniklar tayyorlashda va
mashinasozlikdagi boshqa detallar ishlab chiqarishda foydalaniladi.