9.2. Arralangan materiallarning xarakteristikasi
Geometrik shakli hamda ko’ndalang kesimi bo’yicha arralangan
materiallar bruslar, taxtalar, shpallar, pushtaxta, zagotovkalarga
ajratiladi.
Bruslar - qalinligi va kengligi 100 mm dan ortiq bo’lgan
arralalangan materiallardir. Arralangan (tilingan) tomonlariga qarab
bruslar ikki kantli, uch kantli va to’rt kantli bo’lishi mumkin.
Brusoklar - qalinligi 100 mm gacha va kengligi qalinligidan
ko’pi bilan ikki martadan ortiq bo’lmagan, yonlari tilingan arralangan
materialdir.
Taxtalar kengligi qalinligidan ikki marta ortiq va qalinligi 100
mm gacha bo’lgan arralangan materiallardir.
103
Shpallar - temir yo’llarning relslari uchun tayanchlar sifatida
ishlatiladigan arralangan materiallardir. Shpallar yon chetlari olingan
va yon chetlari olinmagan bo’lishi mumkin.
Pushtaxta g’o’lani bo’yiga tilganda chiqadigan yon qismi. Igna
bargli daraxt turlarining pushtaxtalari tog’ shaxtalarida va konlarida
mahkamlash materiallari sifatida ishlatilib, obapol deb ataladi. Obapol
taxtali va pushtaxtali xillarga ajratiladi. Taxtali obapol bo’yiga
tilingan g’o’ladan, yon qismidan chiqqan arralangan mahsulot bo’lib,
bir yog’i arralangan va ikkinchi tomoni arralanmagan yoki to’liq
tilinmagan sirtga ega bo’ladi. Pushtaxtali obapolda faqat bir tomoni
tilingan bo’ladi.
Umumiy ishlarga mo’ljallangan arralangan materiallar
o’lchamlari bo’yicha yupqa (qalinligi ko’pi bilan 32 mm gacha
bo’lgan) va qalin - qalinligi 35mm va undan ortiq (yaproqli daraxtlar),
40 mm va undan ortiq (igna bargli daraxt yog’ochida) xillarga
ajratiladi. Yaproqli daraxt yog’ochining arralangan materiallar
uzunligi bo’yicha kalta- 0,5 dan 0,9 m gacha; o’rtacha 1,0-1,9 m uzun,
0,2-6,5 m xillarga ajratiladi; igna bargli daraxt arralangan
materiallarning uzunligi (0,25 m gradatsiya bilan) 1-6,5 m bo’ladi.
Arralangan materiallarning nominal o’lchamlari namligi 15% bo’lgan
yog’och uchun belgilangan.
Yog’ochni chirib buzilishdan saqlash va xizmat muddatini
oshirish uchun ular quritiladi. Quritish yog’ochning texnik, ya’ni fizik
va mexanik xossalarini ham yaxshilaydi. Yog’och quritilganda
chirishga sabab bo’luvchi zamburug’lar o’ladi, yog’och puxtalashadi,
yaxshi pardozlanadigan bo’ladi. Shuning uchun yog’och ishlash
korxonalarida yangi kesilgan yoki nam yog’och ishlatilmaydi.
Yog’ochlarga ishlov berish turlaridan biri, ularni quritish bo’lib, uning
sabablari quyidagilardir:
1) Nam yog’och tez buziladi va chiriydi.
2) Quruq yog’och mexanik jihatdan nam yog’ochdan ancha
pishiq, puxta bo’ladi.
3) Nam yoki yetarli darajada quritilmagan yog’och detallardan
tayyorlangan buyumlar tob tashlaydi, ya’ni shakli va o’lchamlari
o’zgaradi, hatto foydalanish uchun yaroqsiz bo’ladi.
4) Nam yog’och yaxshi yelimlanmaydi va pardozlanmaydi.
Yog’ochlarni quritishda quyidagi keng tarqalgan usullaridan
ko’proq foydalaniladi:
104
1) Tabiiy usulda ochiq havoda, ayvon yoki shiyponlarda ochiq
shtabellarda, shuningdek, yopiq xonalarda quritish;
2) Sun’iy usulda maxsus jihozlangan xonalarda qizdirilgan havo
bilan quritish.
|