|
Yog’ochning kimyoviy turg’unligini oshirishBog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C9.4. Yog’ochning kimyoviy turg’unligini oshirish
Yog’och konsentrlangan ishqor va kislota muhiti ta’siriga
chidamsizdir. Kuchli kislotalar ta’sirida yog’och tarkibidagi
polisaxaridlar gidrolizga uchraydi va uning tolalari bo’shashadi.
Konsentrlanagn ishqorlar ta’sirida gemitsellyuloza va lignin eriydi,
sellyuloza bo’kadi, natijada yog’och moddalari bo’shashadi va qisman
eriydi. Buzilish jarayoni harorat ortishi bilan tezlashib boradi.
Yog’ochga ba’zi gaz holatdagi moddalar ham yomon ta’sir etadi (xlor,
vodorod xlor, azot oksidlari, sernokisliy gaz va boshqalar). Lekin
agressiv bo’lmagan kimyoviy moddalar bilan ishlaydigan
korxonalarda yog’och jihozlardan foydalanilsa bo’ladi. Yog’ochdan
kimyoviy jihozlar tayyorlash ustida ko’p ishlar qilingan.
Yog’ochni shimdirish orqali 50% li sulfat kislota, 50% li fosfor
kislota, 60% li sirka kislota, 36% li xlor kislota va boshqa kimyoviy
moddalar ta’siriga chiday oladigan materiallar olish mumkin.
Yog’ochni kauchuk, oltingugurt va bitum bilan shimdirish orqali
kimyoviy turg’un yog’och olish mumkin. Kimyoviy turg’un yog’och
olishning qisman eterefikatsiyalash usuli ham ma’lum. Kremniy
organik birikmalarga shimdirilgan yog’och suvga, olovga chidamliligi
va mexanik pishiqligi, hamda kimyoviy turg’unligi bilan ishlov
berilmagan yog’ochdan farq qiladi.
Yog’och va yog’och materiallari xalq xo’jaligining barcha
tarmoqlarida keng qo’llaniladi. Undan qurilish va inshootlarda,
avtomobilsozlik, vagonsozlik, ximiya va ko’mir sanoatida, qog’oz-
sellyuloza sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari, gugurt ishlab
chiqarish, etil spirti, sintetik kauchuk, turli loklar, bo’yoqlar ishlab
chiqarish sohalarida ham keng foydalaniladi.
Yog’och materiallarning bunday keng ko’lamda ishlatilishiga
sabab texnik xossalarining yuqoriligi va qulayligidir. Yog’ochni
ishlash ancha oson. Vazni yengil, puxtaligi yuqori, issiqlik va elektr
tokini yomon o’tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi.
Ko’pchilik yog’ochlarning tashqi ko’rinishi chiroyli bo’lib, puxta
yelimlanuvchi bo’ladi va yaxshi pardozlanadi. Shunga qaramasdan,
yogochlar turli kamchiliklardan ham xoli emas, ya’ni, temperatura,
108
namlik o’zgarishi natijasida yog’och qurib, tez deformatsiyalanadi
(tob tashlaydi), nam tortib shishadi, yoriladi va hokazo.
|
| |