Bog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C
10.2. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun dastlabki ma’lumotlar Mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarini loyihalash uchun
har bir Detalning yillik ishlab-chiqarish dasturi asos bo’ladi. Xuddi
shuningdek, detalning ishchi chizmasi, uning tayyorlash bo’yicha
texnik shartlari ham texnologik jarayon loyihalash uchun dastlabki
ma’lumot bo’lib xizmat qiladi. Detalning ishchi chizmasida quyidagi
111
ma’lumotlar bo’lishi kerak: a) zagotovka turi; b) zagotovka materiali
va markasi; v) ishlov beriladigan yuzalar; g) tozaligi to’g’risida
ma’lumot (shartli belgilar yordamida); d) ishlov berish aniqligi va
dopusklar maydoni; e) termik ishlov berish turi. Mexanik ishlov berish
texnologik jarayonlarni loyihalashda quyidagi asosiy masalalar xal
etiladi: a) texnologik jarayonni bajarish uchun ishlab-chiqarish turi va
ishni tashkil qilish shakli belgilanadi; b) partiyadagi detallar soni
aniqlanadi va ishlab-chiqarish takti o’rnatiladi; v) zagotovka turi va
uni olish usuli va o’lchamlari aniqlanadi. g) detal yuzalariga mexanik
ishlov berish ketma-ketligi, rejasi tuziladi. d) metall kesish dastgohi,
kesuvchi asbob va moslamalarning turi texnik ko’rsatkichlari
aniqlanib, belgilangan ishni bajarish uchun ularni soni topiladi; e)
ishlov beriladigan yuzalarni o’lchamlari hisoblanadi (qo’yim miqdori
hisoblanadi); j) kesish ma’romlari hisoblanadi; z) operatsiyani bajarish
uchun sarflangan vaqt me’yorlari belgilanadi; i) ishchining malakasi
aniqlanadi; k) loyihalangan texnologik jarayoni texnik-iqtisodiy
ko’rsatkichlari aniqlanadi; l) texnolgik jarayoning hujjatlari
rasmiylashtiriladi. Ko’rib chiqilgan masalalarning aksariyat qismini
biz avvalgi mavzulardan urgandik. SHuning uchun ularni ayrimlari
ustida to’xtab utamiz.
Mashina detallari yuzalariga mexanik ishlov berish rejasi ularni
tayyorlashning eng maokul variantini tuzishdan iborat. Reja mexanik
ishlov berishni Har-bir qismini o’zida mujassamlashtirishi zarur:
operatsiyalar ketma-ketligi, ularning tarkibi va bajarish tartibi.
Mexanik ishlov berish rejasini tuzishda quyidagilarga e’tibor
berish zarur:
1) birinchi navbatda Detalning shunday yuzalariga ishlov berish
kerakki qaysiki ular boshqa operatsiyalarda O’rnatish bazasi bo’lib
xizmat qiladi;
2) keyingi navbatda eng katta metall qatlami olib tashlanishini zarur
bo’lgan qatlamli yuzalarga ishlov beriladi, chunki shu holda
zagotovkadagi mavjud ichki nuqsonlar aniqlanadi;
3) mexanik ishlov berishning murakkabligi yoki materialni
xususiyatigabog’liqravishda
nuqson
qutilayotgan
operatsilar
bajariladi;
4) keyinchalik bajariladigan operatsiyalar talab etilayotgan aniqlik va
yuza tozaligigabog’liqravishda olib boriladi. SHu nuqtai nazardan,
yuza qancha aniq va toza bo’lsa shuncha kech ishlov beriladi. Agarda
tozaligi yuqori yuzaga avval ishlov berib olinsa va bu yuza
112
keyinchalik O’rnatish yoki mahkamlash yuzasi bo’lsa u holda
yuzaning aniqligi va sifati buziladi.
5) eng yuqori aniqlik va yuza tozaligiga ega bo’lgan yuzalarga ishlov
beriladi. Agar bunday yuzalarga avval ishlov berilgan bo’lsa yana
qaytadan ishlov beriladi. 6) qora va toza ishlov berishni bitta
dastgohda olib borilsa ishlov berish aniqligi pasayadi.