Elektr montaj ishlari, ularda foydalaniladigan asboblar




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/189
Sana30.01.2024
Hajmi4,62 Mb.
#148361
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

12.3. Elektr montaj ishlari, ularda foydalaniladigan asboblar 
turlari va tuzilishi. Elektr montaj ishlarida ish o’rnini tashkil 
qilish. Elektr o’tkazish sim turlari. Elektr montaj ishlarini 
bajarish usullari va ularda foydalaniladigan asboblarni ishlatish 
texnologiyasi 
Elektrotexnika ishlari izolatsiya bilan qoplangan gorizontal 
qopqoqli stolda bajariladi. Elektr montaj asboblari o‘quvchining o‘ng 
tomoniga, materiallar chap tomonga joylashtiriladi, bunda ko‘proq 
ishlatiladigan asboblar yaqinroq qo‘yiladi. Elektrotexnika ishlarini 
bajarishda siz turli materiallar (sim, shnur, izolatsiya materiallari, 
naychalar) va ish asboblari (otvyortka, pichoq, o‘tkir jag‘li ombur)dan 
foydalanasiz. Elektr montaj simlari mis yoki aluminiydan yasaladi. 
Montaj qilish uchun izolatsiya bilan qoplangan simlardan 
foydalaniladi 
Elektr shnuri maishiy elektr asboblarini elektr tarmog‘iga 
ulashga mo‘ljallangan ingichka, izolatsiyalangan sim bo‘lib, u 
umumiy qobiqqa o‘ralgan bir yoki ikkita tok o‘tkazuvchi 
simchalardan yasalgan. 


120 
O‘tkir jag‘li ombur simlarni kesishda qo‘llaniladi. Omburning 
ishchi qismi o‘tkir kesuvchi qismga ega. Yumaloq va yassi jag‘li 
omburlar simlarni bukish va burashda ishlatiladi. Ularning tutqichlari 
izolatsiya materiali bilan qoplangan 
Montaj pichog‘i simlardagi izolatsiyani ochishga mo‘ljallangan. 
Otvyortka birikmalarni ulashda ishlatiladi. Ularning tutqichlari 
plastmassa yoki yog‘ochdan yasaladi. 
Elektr o‘tkazgichlarni montaj qilish, izolatsiyalash ishlari Elektr 
o‘tkazgich simlarini tarmoqlash tarmoqqa elektr iste’molchilarini 
qo‘shish maqsadida amalga oshiriladi. Maishiy elektr asboblarining 
hammasi elektr tarmog‘iga shtepsel rozetkasi orqali ulanadi. 
Tarmoqlashda tarmoqdagi ikkala simning 30 mm qismidagi 
izolatsiyasi 
montaj 
pichog‘i 
yordamida 
olib 
tashlanadi. 
Biriktiriladigan simlarning uchlaridagi 50 mm izolatsiyasi olib 
tashlanadi. 
Elektrotexnika armaturasi Elektrotexnika ishlarida vkluchatel, 
elektr patron, shtepsel vilkasi va boshqa qurilmalari ishlatiladi. 
Vkluchatel asboblarni elektr tarmog‘iga ulash va uzishda qo‘llaniladi. 
U asos, korpus hamda siljiydigan va siljimaydigan ikkita kontaktdan 
tuzilgan. Kalit kontakti mis yoki latundan tayyorlanadi. Tuzilishiga 
ko‘ra kalit devorga, shiftga o‘rnatiladigan yoki osma turda bo‘lishi 
mumkin. Elektr patron yoritish lampasini elektr tarmog‘iga ulashda 
ishlatiladi. Patronlar shiftga, devorga o‘rnatiladigan yoki osma 
bo‘lishi mumkin. 

Download 4,62 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   189




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Elektr montaj ishlari, ularda foydalaniladigan asboblar

Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish