Nazorat savollari:
1. Kerak materiallarni tasniflab bering?
2. Elektrotexnika tushunchasi.
3. Elektr montajda ishlatiladigan xomashyo va uskunalar.
13-MAVZU. PLASTMASSADAN YASALGAN DETAL VA
POLIMER ASOSLI BUYUMLARGA ISHLOV BERISH
Tayanch so’zlar: polivinilxlorid, plintus, plastmassa, rezina,
ishlov berish, jarayonlar.
13.1. Polivinilxlorid tutqichlar va plintuslarga ishlov berish
Polivinilxlorid (PVX, vestolit, xostalit, vinnol, korvik, solvik,
sikron, jeon, nippeon, lukovil, xelvik, norvik va boshqalar)
121
vinilxloridning chiziqli termoplastik polimeri, [SN2-SNS1]Plastmassa
Oq rangli plastik, mol. m. (10—150)103; zichligi 1350–1450 kg/m
3
.
100° dan yuqorida parchalanib, HCI ajratib chikaradi; choʻzilishga
chidamlilik chegarasi 600 kg/sm
2
; egilishga chidamlilik chegarasi
1200 kg/sm
2
; qattiqligi 9,6 kg/mm
2
issiqqa chidamliligi 70°, fiziologik
zararsiz. Dixloretan, siklogeksanon, xlor- va nitrobenzolda eriydi,
benzol, atsetonda oz eriydi, suv, spirt va uglevodorodlarda erimaydi;
nam, kislota, ishkrr, tuzlar eritmasi, sanoat gazlari, benzin, kerosin,
yog va spirtlar taʼsiriga chidamli. Vinil-xlorid SN2=SNS1ning
yoruglik, issiqlik va turli initsiatorlar taʼsirida polimerlanishi
natijasida hosil boʻladi. Polimerlanish zanjirli mexanizm boʻyicha
amalga oshiriladi; avtolavkalarda 40—50° va 4,5 at. bosim ostida suv
emulsiyali usul asosida oʻtkaziladi.
Plastmassadan 3000 dan koʻproq mahsulot va material ishlab
chiqariladi. Plastmassaga 10 % plastifikator qoʻshilsa, fizik-mexanik
xossalari yuqori, —10° gacha muzlashga chidamli material (viniplast)
hosil boʻladi. Plastmassa tarkibiga 40 % gacha plastifikator qoʻshib,
—50 % gacha chidamli elastik material (plastikat) olish mumkin.
Plastmassa elektrotexnika, yengil, oziqovqat, ogʻir mashinasozlik
sanoatlarida, kemasozlikda, tibbiyotda, qurilishda qoʻllanadi.
Tabiiy smolalar (kanifol, shellak, bitum va boshqalar) asosida
olinadigan plastmassa qadimdan maʼlum. Sunʼiy polimer —
nitrotsellyuloza (sellyuloza nitrati)dan tayyorlangan eng dastlabki
plastmassa selluloid boʻlib, u 1872 yilda AQSH da ishlab chiqarila
boshlagan. 1906—10 yillarda Rossiya va Germaniyada tajriba sanoa-
tida 1-reaktoplastlar — fenol-formaldegid smolalar asosida olinadigan
materiallar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. 30-yillarda sobiq SSSR,
AQSH, Germaniya va boshqa sanoati rivojlangan mamlakatlarda
termoplastlar,
polivinilxlorid,
polimetilmetakrilat,
poliamid,
polistirollar ishlab chiqarishi tashkil etildi. Lekin plastmassa sanoati 2-
jaxon urushidan keyingina rivojlandi, 20-asr 50-yillarida koʻpchilik
mamlakatlarda polietilen plastmassa koʻplab ishlab chiqarila boshladi.
|