|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universitetiBog'liq 13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C15.2. Yog’och detallarini biriktirish
Yog’och buyumlar ko’pincha ko’pincha bir necha bo’laklardan
yasaladi. Buyumni tashkil qiluvchi har bir alohida bo’lakni detal deb
ataladi. Buyumni yasash uchun avval uni hosil qiluvchi barcha
detallarni tayyorlanadi, so’ngra ularni tegishli tartibda biriktiriladi, har
turli buyumlarni tayyorlashda detallarni to’g’ri chiziqlar, to’g’ri
burchaklar, o’tkir yoki o’tmas burchaklar hamda shakldan ko’rinishida
biriktiriladi. To’g’ri chiziqli biriktirish yog’och detallarni bo’yiga ulab
uzaytirish yoki qalinligini oshirish uchun qo’llaniladi. To’g’ri
burchakli biriktirish eng ko’p qo’llaniladi. Bunga misollar sabzavot
taxtachasi oyoqchalari, suratlar uchun ramka detallari, deraza romlari,
eshiklar, mebellar va shu kabilar qo’llaniladi. O’tkir yoki o’tmas
burchakli birikmalar turli asbob- uskunalar, mebellar, imoratlar va
boshqalarda qo’llaniladi. Shakldor birikmalar musiqa asboblari, agar
va bochkalarda qo’llaniladi. Biriktirish shakllari yog’och detallarining
mustahkam va aniq biriktirilishi uchun ularning biriktirma sirtlari turli
shakllarda tayyorlanadi. Tirnoqlar to’g’ri va qiya sirtli shakllarda
bo’ladi.
Yelimlash. Yog’ochdan buyumlar tayyorlashda detallarni
biriktirishning asosiy usuli yelimlashdir. Yelimlanadigan yog’och
detallari quruq bo’lishi lozim. Bu detallarni yelimlab biriktiriladigan
sirtlari bir-biriga zich yopishadigan aniq shakllarda tayyorlanib,
changlardan tozalanadi. Yelimlab yopishtirilgan yog’och sirtlari
orasidagi yelim qatlami hosil qiladigan chokning qalinligi 0,1 mm dan
0,15 mm gacha bo’lishi lozim. Chokning qalinligi bundan yupqa
bo’lsa ham, qalin bo’lsa ham yelimli birikma mustahkam bo’lmaydi.
Biriktirilayotgan sirtlarga yelim surtilgan detallarni bir-biriga
ishqalash yoki presslash usulida biriktiriladi. Ishqalash usulida
biriktirilayotgan sirtlarning dastlab ozgina qismini bir-biriga bosib
turgan holda asta - sekin kerakli holatgacha surib boriladi. Presslash
usulida ikki yoki undan ortiq detallarni bir-biriga biriktiruvchi yelim
qatlami quriguncha press ostida tutib turiladi. Kichik reykachalarni bir
- biriga yaxshilab yelimlash orqali uzunligi 12 metrgacha
bo’lgan yog’och to’sinlar hamda kerakli egri shakldagi katta yog’och
detallari tayyorlanadi.
|
| |