131
3-MODUL. BUYUM VA MAHSULOTLARNI
TAYYORLASHDA YIG‘ISH VA TAYYOR HOLGA
KELTIRISH TEXNOLOGIYASI
15-MAVZU. YOG‘OCH, PLASTMASSA VA POLIMER
ASOSLI BUYUM VA ZAGOTOVKALARNI YIG‘ISH VA
BIRIKTIRISH TEXNOLOGIYASI
Tayanch so’zlar: zagatovka, yelimlash, kezein, albuminelim,
burama mix, yog’och mix, termoreaktiv, termoplastik.
15.1. Yog‘och, asosli buyum va zagotovkalarni yig‘ish va
biriktirishda yelimlarning xillari va asosiy xossalari, kazein va
albumin yelimlar
Duradgorlik yo’li bilan tayyorlanadigan buyumlarning,
mebellarning qismlari bir-biriga turli usullar bilan biriktiriladi.
Birikmalar hosil qilishda har xil biriktiruvchi
materiallardan
foydalaniladi va unda bir necha bog’lash usullari qo’llaniladi.
Buyumlarning qanday materiallardan tayorlanishiga va qanday
maqsadda ishlatilishiga, unga qanday sifat
berilishiga qarab detallar
oddiy yoki murakkab ko’rinishda biriktiriladi.
Oddiy birikmalar. Oddiy birikmalar deb mix va shuruplar
yordamida biriktiriladigan birikmalarga aytiladi. Odiiy birikmalar bir
necha turlardan iborat.
- uchma-uch birikma-bunda ikki detalning
chokini bir-biriga
to’g’rilab, chok bo’lgan joyining ustiga kichik bir taxtacha qo’yib
mixlanadi.
- burchakli birikmalar-bunda ikki detalning uchi 45º dan kesilib,
bir-biriga to’g’rilanib mix bilan qoqiladi.
- tirnoqli birikma-bunda ikki detalning bir uchidan yarim
yog’och kesib olinib, detallarning uchlari bir-biriga ustma-ust tushirib,
mix qoqiladi. Bunday ulashlarda yog’ochlar bo’yiga uzaytiriladi.
Binokorlikda yog’ochni ana shunday uzaytirib,
ishlatish keng
qo’llaniladi. Oddiy birikma orqali yog’ochlarni eniga ham uzaytirish
mumkin. Masalan eshik, darvozalar
yasashda ana shu usuldan
foydalaniladi. Bunda yog’ochdagi yillik xalqalarning joylashishiga
e’tbor berish kerak.