141
3. Rang nur va boshqa atmosfera omillari ta’sirida barqaror
bo’lishi kerak.
4. Rang issiqqa chidamli va barqaror migratsiya (siljish) ga ega
bo’lishi kerak.
5. Ma’lumki, polimerlanish va polikondensatlash reaksiyalari
maxsus eritmalarda o’tkaziladi. Organik erituvchilar sifatida toluol,
benzol, geksan, benzin, etilatsetat, mitilenxlorid
va boshqalardan
qo’llaniladi. Olinadigan polimer tarkibida ularning ma’lum mikdori
qolib ketishi mumkin. Materialni quritmaganda xlororganik va
aromatik birikmalar, shuningdek spirtlar material tarkibida qolib
ketishi mumkin. Erituvchi moddalarning polimer materiali
tarkibidan ajralib chiqishi oziq - ovqat
mahsulotining hidiga va
ta’miga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shuning uchun ishlab
chiqarilgan plastmassa mahsulotlariga ishlov berish, xususan
;
ularni
quritish katta ahamiyatga ega.
15.5. Plastmassali detallar. Polimer materiallar tarkibi
Ma’lumki polimerlanish reaksiyalarini tezroq kechishi uchun har
bir polimerga mos katalizatorlardan, ya’ni reaksiya tezligini
oshiruvchi moddalardan qo’llaniladi. Katalizator
sifatida kislotalar
(H
2
SO
4
, H
3
PO
4
, HC1 va boshqalar), Lyuis kislotalari (A1S1z, TiCL
4
,
ZnCI
2
va boshqalar) Fridel - Krafts katalizatorlari (umumiy formulasi
MeXn, bu erda Me -bor, alyuminiy, titan, qalay va boshqalar, X -
galogen (J
2
, JC1, JBr va boshqalar) qo’llaniladi. Reaksiya kechadigan
muhitda katalizatorlarning konsentratsiyalari 10
-4
-10
-2
kmol/l ni
tashkil etishi mumkin.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ushbu katalizatorlar
polimerlanish reaksiyalari tufayli olinadigan
polimer kukunlari
tarkibida qoldiq shaklida qolib ketishi mumkin. Shuning uchun,
odatda polimerda anorganik birikmalarning qoldiqlari mikdori bilan
ifodalanadi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini o’rash uchun tavsiya
etilgan polietilen plyonkalarining tarkibida kulchanlik 0,02% dan
oshmasligi kerak. Shuni yodda tutish kerakki,
tayyor polimer
mahsuloti tarkibida qolgan katalizatorlarning nihoyatda kichik
mikdori polimer materialining eskirishini tezlashitirishi mumkin.
Polimerlanish reaksiyasi kechishi uchun shunday moddalar ham
qo’llaniladiki, ular polimerlanish initsiatorlari deb ataladi. Ular
142
kislorodorganik va anorganik perekislar, gidroperekislar xamda
diazobirikmalari bo’lishi mumkin. Ushbu initsiatorlar issiqlik ta’sirida
parchalanib, ozod radikallarni hosil qilish qobilyatiga ega.
Perekislarning parchalanishi tufayli paydo bo’lgan mahsulotlar
biologik faol hisoblanadi. Polimerlanish
initsiatorlari va ularning
parchalanishi tufayli paydo bo’lgan mahsulotlarning tayyor polimer
tarkibidagi mikdori 0,2% dan oshmasligi kerak.
Polimer mahsulotlari xossalarini uzoq muddatlarga saqlab qolish
maqsadida
ularning
tarkibiga
barqarorlashtiruvchi
moddalar
(stabilizatorlar) kiritiladi. Ular biologik faol moddalar bo’lib, polimer
bilan kimyoviy bog’langan bo’ladi. Ular vaqtning o’tishi bilan
polimer tarkibidan diffuziya bo’lib, tashqi muhitga chiqishi mumkin.
Polimerlarda termostabilizatorlar sifatida kalsiy stearati, rux stearati,
bariy stearati, qo’rg’oshin stearati
va boshqalar nihoyatda keng
ishlatiladi. Kalsiy stearati va rux stearati, shuningdek, kompleks
stabilizatorlar tarkibiga kiradigan ushbu stearatlar zaharsiz moddalar
hisoblanadi. Lekin, kadmiy, bariy va qo’rg’oshin stearatlari nihoyatda
zaharlidir. Masalan, oziq-ovqat sanoatida qo’llaniladigan polivinil
xlorid mahsulotlarini barqarorlashtirish maqsadida epoksidlashtirilgan
soya moyi qo’llaniladi. Soya moyi uncha zaharli emas, ammo polimer
tarkibiga undan ko’proq kiritilishi polimerdan boshqa qo’shimcha
moddalarni ajralib chiqishini kuchaytirib yuborishi mumkin.
Ko’pgina
holatlarda
polimer
tarkibiga
yumshatgichlar
(plastifikatorlar) kiritiladi. Bundan asosiy
maqsad - polimerga ishlov
berishni osonlashtirish, plastik (yumshok) va sovuqqa chidamli
mahsulotlar olishdan iboratdir. Polimer kompozitsiyasi tarkibiga
plastifikator kirgizish polimer bilan boshqa qo’shimcha moddalarni
aralashtirishini osonlashtiradi va eng muhimi, ishlov berish haroratini
pasaytirishga olib keladi.
Bundan tashqari, plastifikator plastmassa
mahsulotlarning yonmasligini ta’minlaydi, issiqqa va nurga
chidamliligini oshiradi.