143
polietilen (PE) etilen gazidan, polipropilen (PP) propilen gazidan,
kraxmal glyukozadan olinadi va hokazo.
Kelib chiqishi yuzasidan polimerlar 3 xil bo’ladi.
1.
Tabiiy polimerlar (sellyuloza, kraxmal, lignin, pektin, tabiiy
kauchuk, guttarpercha, tabiiy ipak, oqsillar, shuningdek charm va
mo’yna sanoatining asosiy xomashyosi bo’lgan kollagen, keratin (jun
va boshqalar), o’simliklar va hayvonot olamining asosiy tarkibiy
qismi hisoblansa, hayvonot olamida tiriklikning asosini oqsil
moddalar, garmonlar va fermentlar tashkil qiladi. Agar to’qimachilik
sanoatida sellyuloza asosiy xomashyo hisoblansa, oziq-ovqat
sanoatining asosini kraxmal tashkil etadi.
2.
Sun’iy polimerlar (sellyuloza efirlari, xlorlangan kauchuk
(xlor-kachuk), ftorlangan polimerlar) tabiiy polimerlarga kimyoviy
ishlov berish yo’li bilan hosil qilinadi.
3.
Sintetik polimerlar (PE, PP, polistirol (PS), polivinilxlorid
(PVX), organik shisha, poliuretan (PU), poliamid (PA) va
boshqalar)tabiatda uchramaydi, ular monomerlardan polimerlanish
yoki polikondensatlash reaksiyalari yordamida sintez yo’li bilan hosil
qilinadi.
Polimerlar mahsulot (plenka, tola, quvur, naycha va boshqalar)
olish uchun “toza” holatda kam ishlatiladi, chunki ularning issiqlikka
chidamliligi
past,
mustahkamligi
metallar
va
ularning
qotishmalarining
mustahkamligiga
nisbatan
ancha
kichik,
ultrabinafsha nurlari ta’sirida mo’rtlashib tez parchalanib ketadi.
Shuning uchun issiqxonalarda ishlatiladigan PE plenkalarining
qo’llanish muddati 1-1,5 yildan oshmaydi.
Polimerlarning ushbu kamchiliklarini tuzatish, fizik va kimyoviy
xossalarini yaxshilash va mahsulot narxini pasaytirish uchun tarkibiga
boshqa
turdagi
moddalar
(ranglar,
yumshatgichlar,
barqarorlashtiruvchi moddalar, antistatiklar va boshqalar) kiritiladi.
Bunday materiallarga plastmassalar deyiladi.