Polimer materiallari turlari va xoassalari




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/189
Sana30.01.2024
Hajmi4,62 Mb.
#148361
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189
Bog'liq
13123 2 1FD84CBF425850F4B87C7475717DB6DB2C4A867C

15.3. Polimer materiallari turlari va xoassalari 
To’ldirgichlar 
Plastmassa mahsulotlari tarkibiga to’ldirgichlar ham kiritilishi 
mumkin. To’ldirgichlar sifatida qattiq va gazsimon moddalardan keng 
qo’llaniladi. Bunday moddalar bilan to’ldirilgan plastmassalar 
nihoyatda qattiq, mustahkam va mo’rt bo’ladi. Ular yonmaydigan, 
elektr o’tkazuvchan va ishqalanish koeffitsientlari toza (ya’ni, 
to’ldirilmagan) plastmassa mahsulotiga nisbatan yuqori bo’ladi. Agar 
to’ldirgichlarni tayyorlash, ularga ishlov berish texnologik jarayonlari 
katta energiya va mablag’larni talab qilmasa, to’ldirilgan 
palastmassalarning narxi pasayishi ham mumkin.
Ko’pgina holatlarda plastmassa tarkibiga qattiq to’ldirgichlar 
(masalan, grafit, yog’och kukuni, bur, turli metallar va boshqalar) 
kiritiladi. Qattiq to’ldirgichlar kukun shaklida ham, tola shaklida ham 
qo’llanilishi mumkin. Sellyuloza, SiO
2
, SaSOz, TiO
2
va boshqalar 
zaharsiz 
to’ldirgichlar 
hisoblanadi. 
Plastmassa 
tarkibida 
to’ldirgichlarning miqdori 45 - 50% ni tashkil etishi mumkin. Bunday 
polimer kompozitsion materiallardan asosan quti, chelak, savat, turli 
idishlar va likobchalar ishlab chiqariladi. 
 


140 
To’ldirgichlarga bo’lgan talablar 
1. To’ldirgichlar polimer bilan aralashib bir jinsli sistema hosil 
qilish qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak.
2. To’ldirgichlar polimer suyulmasi yoki eritmasida ho’llash 
qobiliyatiga ega bo’lishlari kerak.
3. To’ldirgichlarni saqlash, ularga ishlov berish va qo’llash 
jarayonlarida ular o’z xossalarini yo’qotmasliklari kerak.
4. To’ldirgichlar suv, moy va boshqa suyuqliklar ta’sirida 
plastmassa tarkibidan ajralib chiqmasliklari kerak. 
5. Ko’pgina holatlarda oziq-ovqat mahsulotlarini o’rash uchun 
ishlab chiqariladigan plyonkalar va umuman, o’rash mahsulotlarning 
estetik ko’rinishlarini yaxshilash maqsadida, ular maxsus bo’yaladi. 
Plastmassa mahsulotlarini ranglash uchun tabiiy va sintetik 
ranglardan qo’llaniladi. Bunday ranglar odatda erituvchilar ta’sirida 
eriydi va polimer bilan kimyoviy bog’langan bo’ladi. Ko’pgina 
holatlarda organik va anorganik pigmentlar ham plastmassa tarkibiga 
kiritiladi. Ular eruvchan emas.
Anorganik ranglar biologik faol moddalar bo’lib, ularning 
faolligi birikma tarkibidagi elementlarga bog’liq bo’ladi. Masalan, 
stronsiy va xrom elementlari asosida olingan ranglar zaharli 
hisoblanadi. 
Turli aminoantraxin va azoranglovchi birikmalar jigar, buyrak 
va markaziy asab sistemasining normal ishlash faoliyatiga salbiy zarar 
yetkazadi. Polimer tarkibidan ranglarni ajralib chiqishi va teri orqali 
yoki suv va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga oshqozonga 
kirib borishi umumiy zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Temir va titan elementlari asosida olingan ranglar zaharsiz 
hisoblanadi. Odatda plastmassa mahsulotlari tarkibidagi ranglarning 
miqdori 0,01 - 1,0% atrofida bo’ladi.

Download 4,62 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   189




Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Polimer materiallari turlari va xoassalari

Download 4,62 Mb.
Pdf ko'rish